E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Qon (transmissiv) infeksiyalarning yuqish mexanizmi.
- Tashqi qoplamlar infeksiyalari.
- Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi
Qon (transmissiv) infeksiyalari. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari asosan qon va limfada joylashgan bo‘lib, sog‘lom odamga infeksiya yuqtirib olgan qon so‘ruvchi hasharotlar — bitlar, burgalar, chivinlar va kanalarning chaqishi orqali tushadi (4-rasm).
Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur guruhdagi yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat odam organizmida, balki qon so‘ruvchi hasharotlar organizmida ham parazitlik qilishga mos- lashgan. Shuning uchun qon so‘ruvchi hashoratlarni yo‘qotish va 4-rasm. Qon (transmissiv) infeksiyalarning yuqish mexanizmi. A—infeksiya yuqtirgan organizm; B—sog‘lom organizm; 1—qon so‘ruvchi tashuvchining bemor organizmidan qon so‘rishi; 2—qo‘zg‘atuvchining tashuvchi organizmida bo‘lishi; 3—qo‘zg‘atuvchining tashuvchi chaqqanda organizmga kirishi. sog‘lom kishilarni ularning chaqishidan himoya qilish tadbirlari epidemiyaga qarshi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu guruh infeksiyalariga qaytalama va toshmali tiflar, kalamushdan yuqadigan rikketsioz, pappatachi isitmasi, gemorragik isitmalar kiradi. Tashqi qoplamlar infeksiyalari. Infeksiya odam organizmiga tirnalgan yoki yorilgan tashqi qoplamlar (teri va shilliq pardalar) orqali tushadi. Bu guruh infeksiyalariga saramas (zararlangan teri va shilliq pardalar orqali organizmga streptokokk kiradi), qoqshol (yaraga kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan tuproq tushganda rivoj- lanadi) va boshqalar misol bo‘ladi. Qator epidemiologik xususiyatlarga asosan alohida guruh sifatida zoonoz infeksiyalar farq qilinadi. Bular kasal hayvonlardan odam- larga yuqadigan kasalliklardir (leptospiroz, brusellyoz, tularemiya, o‘lat, kuydirgi, quturish va b.). Biz o‘quvchilarning mazkur kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va profilaktika tadbirlari bilan tanishishi osonroq bo‘lishi uchun zoonoz infeksiyalar haqida alohida bo‘limda to‘laroq ma’lumot berishni lozim topdik. Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi infeksiya manbai bo‘lmish yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni to‘liq izolatsiya qilish va shifoxona ichi (nozokomial, gospital) infek- siyalarining oldini olishga moslashtirilgan. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni shifoxonaga yotqizishda quyidagi qoidalarga amal qilish shart: qabul bo‘limida birlamchi tashxisni to‘g‘ri qo‘yish; shifoxonaga tushgan bemorni albatta sanitar tozalovidan o‘tkazish; bemorlarni bo‘limga yotqizishda, infeksiyaning yuqish mexanizmini hisobga olish, ya’ni nozologik prinsip asosida bemorlarni alohida yotqizish (kasallik yuqmasligi uchun); aralash (ikkita va undan ortiq) infeksiyasi bo‘lgan bemorlarni individual (yakka) holda yotqizish; bemorlarni boshqa bo‘limga asosli holda o‘tkazish. Yuqumli kasalliklar bo‘limlari alohida binolarda joylashgan. Agar yuqumli kasalliklar shifoxonasi ko‘p qavatli bo‘lsa bemorlarni qavatlar bo‘yicha joylashtirish zarur. Bunda havo-tomchi infek- syalari bilan og‘rigan bemorlar yuqori qavatlarga joylashtiriladi. Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolash bo‘limlaridan tashqari yordamchi bo‘limlar ham mavjud bo‘lib, bular rentgen xonasi, fizioterapiya, tibbiy statistika bo‘limi, markaziy sterilizatsiya bo‘limi va boshqalardir. Yirik shifoxonalar tarkibida bakteriologik, viru- sologik, radioimmunologik, klinik va biokimyoviy laboratoriyalar, reanimatsiya bo‘limida esa ekspress laboratoriya bo‘ladi. Santexnik tuzilmalar va xo‘jalik bo‘limlari shifoxona hududida, lekin davolash binolaridan uzoqroqda joylashtiriladi. Shifoxonaga kelgan har bir bemor dastlab qabul bo‘limiga tushadi. Bu yerdan ular palatalar yoki bokslarga joylashtiriladi, bunda bemorlar shifoxonaga tushgan vaqtdan boshlab shifoxonadan chiqqunga qadar boshqa turli infeksiyalarga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lmasliklari zarur. Shifoxonaga tushgan bemorlar maxsus bokslarda qabul qilinadi. Bemorlarni ko‘zdan kechiradigan bokslarning alohida kirish va chiqish eshiklari bo‘ladi. Bundan tashqari boksdan qabul bo‘limi koridoriga yana bitta kirish eshigi bo‘lib, undan faqat tibbiy xodimlar foydalanadilar. Boksda xodim- lar uchun xalatlar, kushetka, yozuv stoli, shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun dorilar to‘plami bo‘lgan shkafcha, termo- metrlar, shprislar, tahlilga material olish uchun steril tamponlar va boshqalar bo‘lishi kerak. Qabul bo‘limida boshqa binolardan ajratilgan va aralash infeksiyali bemorlarni izolatsiya qilishga mo‘ljallangan maxsus bokslar yoki palatalar bo‘lishi zarur. Bo‘limlardagi bemorlar joylashtiriladigan xonalar gigiyenik talablarga javob berishi, tipik loyihalarga asosan esa palatalar bir va ikki o‘rinli bo‘lishi kerak. Palatalarda nisbiy namlik 50% dan ko‘p bo‘lmasligi zarur. Palatalar yetarlicha tabiiy yoritilgan bo‘lib, ventilyatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Bo‘limlardagi sanitar-gigiyenik rejim muntazam ravishda palatalar va boshqa xonalarni tozalash, dezinfeksiya va dezinseksiya qilish, bemorlarni yuvintirish, ich kiyim va ko‘rpa- to‘shak, choyshablarini almashtirib turish orqali amalga oshiriladi. Har bir bemor (ahvoliga qarab) haftada bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qiladi. Mazkur muolaja shifoxonadan chiqishdan oldin ham qabul qilinadi va shundan keyingina bemor o‘zining toza va dezinfeksiyalangan kiyimlarini oladi. Shifoxonadan chiqishda bemorga rejim va ovqatlanish bo‘yicha foydali maslahatlar beriladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling