E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli kamera KDF-3
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 % li asosiy eritmadan xlorli ohakning ishchi eritmalarini tayyorlash
5-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli kamera KDF-3.
ezinfeksiyaning kimyoviy vositalari. Bakteriyalarni o‘ldiruvchi kimyoviy moddalar — bakterisid moddalar, ularning o‘sish va rivojlanishini to‘xtatuvchi moddalar esa — bakteriostatik moddalar deyiladi. Kimyoviy dezinfeksiya uchun har xil kimyoviy moddalar — oksid- lovchilar, spirtlar, fenollar, yuvish vositalari, kislotalar, ishqorlar va boshqalar ish- latiladi. X l o r l i o h a k oq rangli quruq kukun bo‘lib, undan xlorning o‘tkir hidi kelib tu- radi. U gaz holatidagi xlorni so‘ndirilgan ohak orqali o‘t- kazish yo‘li bilan zavodlarda tayyorlanadi. Faol xlorli ohak uch turda —26%, 32% va 35% li turlarda chiqariladi. Xlorli ohak kuchli bakterisid (bak- teriyalarni o‘ldirish) xusu- siyatga ega. Uning ishchi erit- malari asosiy hisoblangan 10% li eritmalardan tayyorlanadi. Buning uchun toza tayyor- langan 10% li xlorli ohak eritmasini qorong‘i joyda yopiq idishda 1 sutka davomida tindirish uchun qo‘yiladi. Bu vaqtda xlorli ohakning erimaydigan qismlari idish tubiga cho‘kadi. Xlorli ohakning tin- dirilgan eritmasi dokaning bir necha qavatidan o‘tkaziladi. Bu eritmadan bevosita qo‘llashdan oldin kerakli konsentratsiyalarda ishchi eritmalar tayyorlanadi (1 - jadval). j adval 10 % li asosiy eritmadan xlorli ohakning ishchi eritmalarini tayyorlash
N e y t r a l k a l s i y g i p o x l o r i d xlor hidli oq rangdagi kukundir. Uning tarkibida 70%, 60% va 50% faol xlor bo‘lgan turlari chiqariladi. Neytral kalsiy gipoxlorid eritmalari keng doirada ta’sir qiluvchi antimikrob xususiyatga ega. Preparat foydalanil- maydigan binolarni, ichak va nafas yo‘llari infeksiyalarida tozalash- artish inventarlarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. X l o r a m i n B yo k i X B, 25—28% faol xlorga ega. U xlorli ohakdan farqli o‘laroq chidamli birikma bo‘lib, yillar davomida o‘z kuchini saqlab qoladi. Bu modda ta’sirida to‘qima (mato)lar, buyum- lar va bo‘yoqlar kam yemiriladi. Xloramin kiyim-kechaklar, choy- shab, o‘yinchoqlar, idish-tovoqlarni dezinfeksiya qilishda qo‘lla- niladi. Yuqumli kasalliklar bo‘limida qo‘l va cho‘tkalarni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. O z o n — gaz, kislorodning shakl o‘zgarishi. U bakterisid ta’sirga ega bo‘lib, suvni yuqumsizlantirishda ishlatiladi. o d o r o d p e r o k s i d — rangsiz suyuqlik. Uning 3% konsentratsiyadagi suvli eritmasi bakterisid xususiyatga ega, bu modda ko‘pincha yuvish vositalari bilan aralashma holida qo‘llaniladi. E t i l s p i r t i — rangsiz uchuvchan suyuqlik. Jarrohlik va laboratoriya amaliyotida, inyeksiyalarda va boshqa holatlarda keng qo‘llaniladi. L i z o l — 3—10% li eritmalar tarzida choyshablarni dezinfeksiya qilish hamda devor, pol va boshqalarni tozalashda ishlatiladi. S i r k a k i s l o t a — bakterisid va bakteriostatik ta’sirga ega. Uning 3% li eritmasida qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi, 4% li eritmasida ichak tayoqchasi, 90% li eritmasida esa — tilla rang stafilokokklar nobud bo‘ladi. X l o r g e k s i d i n — tiniq hidsiz eritma bo‘lib, grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob faollikka ega. 01 dan 0,5% konsentratsiyada davolash muassasalarida o‘choqli dezinfeksiya o‘tkazish va jarroh qo‘lini tozalashda ishlatiladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling