E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet16/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Kimyoviy usullar. Turli xildagi kemiruvchilar bilan kurashish uchun zaharli yemlar qo‘llaniladi. Ichak orqali ta’sir qiladigan zaharlarga krisid, rux fosfid, zookumarin va boshqalar kiradi. Shuni ham unutmaslik kerakki, rux fosfid odam uchun kuchli zahar hisoblanadi. Shahar sharoitlarida yemlarni maxsus qutilar ichiga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Qutining bir yoki ikki tomonidan kemiruvchilar erkin kirib-chiqa oladigan teshiklar bo‘lishi kerak.
Mexanik usullar. Mexanik usulning mohiyati shundan iboratki, bu usulda maxsus qurollar va turli moslamalar (prujinali qopqonlar va b.) qoTlaniladi. Kalamush va sichqonlarni ushlab oluvchi qurollarga oziq-ovqatlardan tayyorlangan yemlar qo‘yiladi.
Biologik usullar. Bunda kemiruvchilar uchun patogen bakte- riyalar kulturalaridan foydalaniladi. Bakteriyalar kalamush va sichqonlarda tez orada o‘limga sabab bo‘luvchi tifsimon kasalliklar (epizotiyalar)ni qo‘zg‘atadi. Bu qo‘zg‘atuvchilar odamlar va uy hayvonlari uchun zararsiz bo‘lishi zarur.
Aholining kasal yuqtirmaslik qobiliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar
Aholining kasal yuqtirmaslik xususiyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar jismoniy tarbiya va organizmni chiniqtirish, sanitariya madaniyatini oshirish va profilaktik emlashlar o‘tkazish orqali spetsifik immunitet yaratishdan iboratdir. Organizm mikroblar kirishi va yuqumli kasalliklar vujudga kelishiga qarshilik qiladigan qator himoya mexanizmlari (teri va shilliq qavatlar, limfatik tugun- lar va b.)ga ega.
Sog‘liqni saqlash sistemasining eng dolzarb vazifalaridan biri, bu spetsifik profilaktikadir, ya’ni bunda organizmning spetsifik immu- nitetini oshirishga qaratilgan profilaktik emlashlar orqali kasallikka moyillik kamaytiriladi.
Immunitet
Immunitet (immunitas — nimadandir ozod bo‘lish, xalos bo‘lish) — bu organizmning yuqumli kasalliklar va boshqa genetik yot bo‘lgan agentlarga berilmaslik qobiliyatidir (javob reaksiyasidir). Immunitet bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Tabiiy va sun’iy immunitet farqlanadi.
Tabiiy immunitet o‘z navbatida tug‘ma va orttirilgan immunitetga bo‘linadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling