E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet186/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Etiologiyasi. Odamda 4 xil qo‘zg‘atuvchilar bezgak kasalligini chaqiradi: Plasmodium falciparum — tropik bezgak qo‘zg‘atuv- chisini, Plasmodium vivax — uch kunlik bezgak (vivaks-bezgak) qo‘zg‘atuvchisini, Plasmodium ovale — ovale bezgak qo‘zg‘atuvchisi va Plasmodium malariae — to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisini chaqiradi.
Bezgak plazmodiylari ikki bosqichda, ya’ni: jinsiy yo‘l bilan (sporogoniya), kasallik tarqatuvchi — Anopheles turidagi bezgak chivinlari organizmida va jinssiz yo‘l bilan (shizogoniya, grekcha schizen — bo‘linmoq) odam organizmida ko‘payadi. Anopheles turidagi bezgak chivinlarining faqat urg‘ochilarigina qon so‘ruvchi chivinlar hisoblanadi, chunki erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi.
Sporogoniya. Kasal odamni chivin chaqqanda chivin oshqozoniga erkak (mikrogametositlar) va urg‘ochi (makrogametositlar) jinsiy hujayralari tushadi. Gametositlar rivojlanish jarayonida gametalarga aylanadi, bunda mikrogametalar xivchinlarni chiqaradi, ular hujayradan ajralib, makrogametalarga kiradi va ularni urug‘- lantiradi, natijada zigota hosil bo‘ladi. Zigota esa ovokinetaga aylanadi va chivin oshqozonining shilliq osti qavatiga kiradi va u bir necha marta bo‘linish jarayonida oosista va sporosistaga aylanadi. Sporosista buzilishi natijasida 10000—15000 va undan ham ortiq sporozoitlar chiqib, chivinning so‘lak bezlarida to‘planadi. Shu vaqtdan boshlab chivin yuqumli hisoblanadi, chunki u chaqqan so‘laklari orqali sporozoitlar odam organizmiga tushadi. Sporozoitlar chivin orga­nizmida 2—2,5 oy saqlanadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling