E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet187/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Shizogoniya. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga chivin chaqqan vaqtda sporozoitlar shaklida tushadi. Qon oqimi bilan ular jigar parenximasi hujayralariga boradi. U yerda esa ularning bo‘linishi

  • to‘qima shizogoniyasi kuzatiladi. Bu rivojlanish sikli bezgakning yashirin davri hisoblanadi. To‘qima shizogoniyasi natijasida sporo­zoitlar to‘qima shizontlariga aylanadi, ular o‘sadi va ko‘p marta bo‘linib, katta miqdorda, ya’ni uch kunlik va ovale bezgakda 10000— 15000 tagacha, tropik bezgakda esa har bir shizontdan — 40000— 50000 tagacha to‘qima merozoitlari hosil bo‘ladi. To‘qima mero- zoitlari jigar hujayralaridan qonga tushadi hamda eritrositlar ichiga kiradi, u yerda ularning keyingi rivojlanish (eritrositar shizo- goniya) va ko‘payish sikli kuzatiladi. Eritrositni shizont deyarli to‘ldiradi, to‘liq yetilgandan keyin u yoriladi va merozoitlarga parchalanadi, ular yana sog‘lom eritrositlarga kiradi. Bu bemorda bezgak xurujiga sabab bo‘ladi. Eritrositar rivojlanish sikli davomiyligi Plasmodium falciparum uchun — 48 soat, Plasmodium vivax uchun

  • 48 soat, Plasmodium ovale uchun — 48 soat, Plasmodium malariae uchun esa 72 soatni tashkil qiladi. Bu bezgak hurujining har xil muddatlarini belgilaydi.

Qo‘zg‘atuvchi rivojlanishining bir necha jinssiz sikllaridan so‘ng bemor qonida merozoitlardan jinsiy hujayralar — gametositlar (erkak — mikrogametositlar va urg‘ochi — makrogametositlar) hosil bo‘ladi. Yetuk yoshga yetgan eritrositlar parchalangandan keyin ular qon plazmasiga tushadi. U yerda ular chivin organizmiga tushmasa nobud bo‘ladi. Chivin oshqozonida ularning urug‘lanishi va keyingi rivojlanishi (sporogoniya) kuzatiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling