E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenezi va patologik anatomiyasi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bezgak bilan kasallangan bemor yoki sog‘lom gameta tashuvchi hisoblanadi. Infeksiya tashuv- chilar Anopheles tipidagi 50 dan ortiq chivinlar turi hisoblanadi. Chivinlar suv bosgan o‘tloqlarda, ko‘llarda, hovuzlarda, botqoq- liklar va suv omborlarida hayot kechirishi mumkin. Chivinlar tuxumlarini oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan suv havzalariga qo‘yadi. Chivin organizmida bezgak plazmodiylari +15°C dan oshadigan tashqi muhitning doimiy haroratidagina rivojlanishi mumkin. Plazmodiylar yetilishi uchun +20°C optimal tashqi harorat yetarli. Bu haroratda sporogoniya 7—8 kun davomida 17°C ga yaqin haroratda esa 35—40 kundan keyin yakunlanadi.
Gameta tashuvchi kishi qonini so‘rgan chivin organizmida bezgak plazmodiysi rivojlanishning to‘la davrini o‘taydi. Shundan keyingina chivin yuqumli hisoblanadi. Odam kasallikni uni infeksiya yuqtirgan chivin chaqqanidan keyin, hamda unga bezgak kasalligi bilan og‘rigan bemor qonini quyganda yuqtiradi. Homila bachadon ichidayoq infeksiya yuqtirishi ham mumkin. Bezgakka moyillik yuqori, ayniqsa bolalarda, ular endemik tumanlarda asosiy bemorlar kontingentini tashkil qiladi. Ma’lum endemik o‘choqqa odamlarga yuqadigan mahalliy bez- gakdan tashqari, bezgak kasalligi keng tarqalgan mamlakatlardan kelgan kishilar orqali ham kasallik kirib kelishi mumkin. Bizning mamlakatimizga bezgak kasalligi chetdan kirib keladi. Patogenezi va patologik anatomiyasi. Chivindan infeksiya tabiiy yo‘l bilan o‘tganda bezgak sporozoit infeksiya hisoblanadi. Homilaga ona qornida o‘tganda yoki qon quyish orqali sog‘lom kishiga yuqqanda shizont infeksiya rivojlanadi, chunki organizmga sporozoitlar emas, shizontlar kiradi. Shizont bezgak qisqa yashirin davr bilan xarakterlanadi. Sporozoit infeksiyada yashirin davrning davom etishi parazit turiga bog‘liq. Kasallik boshlanishida to‘qima shizontlari ayrim porsiyalar tarzida qonga tushganda va qonda har xil bosqichlarda bo‘lgan parazitlarning bir necha bor rivojlanishi vaqtidagi o‘zga- rishlar noto‘g‘ri tipdagi isitmaga sabab bo‘ladi. Keyinchalik parazitlar sinxron rivojlanadi va bezgak xurujsimon tus oladi. Zararlangan eritrositlar ko‘plab parchalangan vaqtda eritrositlar shizontlarining bo‘linishi tufayli parazitlarning qonga tushishidan xuruj yuzaga keladi. Bunday holat shunday belgilanadiki, bunda uch kunlik, tropik va ovale bezgakda xurujlar har 48 soatda, to‘rt kunlikda esa 72 soatdan so‘ng takrorlanadi. Xuruj — bu qon oqimiga tushadigan ko‘p miqdordagi bezgak pigmentlari va eritrositlar yorilishi natijasida ajraladigan boshqa almashinuv mahsulotlariga qarshi organizm reaksiyasidir. Eritrositlarning ko‘plab parchalanishi natijasida anemiya rivojlanadi. Jigar hamda taloqning kattalashishi limfoid va retikular hujayralarning kuchli ko‘payishi natijasidir. Bezgak komasining vujudga kelishi miyada qon aylanishining buzilishi bilan tushuntiriladi. Tomirlar endoteliysi funksiyasining buzilishi natijasida zararlangan eritrositlar ushlanib qoladi, yopishadi va parchalanadi, staz rivojlanadi va kapillarlarda probka (tiqin) vujudga keladi. Gemoglobinuriyali isitma gemoliz bilan bog‘liq va eritrositlarda tug‘ma ravishda G—6—FDG fermenti bo‘lmagan bemorlarda rivojlanadi. Ferment yetishmasligi eritrositlarga nisbatan himoya rolini bajaradigan glutatsion yetishmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada bezgakni davolashda ishlatiladigan qator preparatlar, masalan xinin va boshqalar ta’sirida eritrositlar tomirlar ichida ko‘p miqdorda gemolizga uchraydi. Bezgakdan o‘lgan kishilarning parenximatoz a’zolarini tekshir- ganda jigarda, taloqda, limfatik tugunlarda va ilikda bezgak pigmentlari aniqlanadi; bezgak pigmenti yig ‘ ilishi tufayli jigar va taloq kulrang bo‘ladi. Taloq kattalashgan va qattiqlashgan bo‘lib, unda ko‘pincha nekrotik o‘choqlar aniqlanadi. Ko‘pincha miokardda og‘ir distrofik o‘zgarishlar va endokardga qon quyilishlar kuzatiladi. Ko‘pincha buyrakda degenerativ o‘zgarishlar, ularning kapsulasi yoki buyrak jomiga qon quyilishlar aniqlanadi. Bezgak komasidan o‘lgan kishilar miyasini gistologik tekshirganda qon kapillarlarini yopib tashlagan ko‘p miqdordagi plazmodiylar aniqlanadi. Staz va mayda qon tomirlariga qon quyilishlar kuzatiladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling