E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet190/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Bezgak infeksiyasi ijobiy epidemiologik anamnez (ende­mik zonalarga kelish, qon quyish) ma’lumotlar va asosiy klinik belgilar — et uvushishi, qizib ketish va terlash davrlari bilan kechadigan xurujlar, jigar va taloq kattalashishi hamda og‘rishi, o‘sib boruvchi gemolitik anemiyalarni aniqlashga asoslangan. Tashxis qon preparatlari — yirik tomchi va surtmada bezgak plazmodiylarini topish bilan tasdiqlanadi. Surtma va yirik tomchi preparatini davolash boshlangunga qadar olish zarur.
Tekshirish uchun kapillar (barmoqdan) yoki venoz qon olinadi. Qonni tekshirish uchun nafaqat isitma xuruji vaqtida, balki apirek- siya paytida ham olish mumkin. Tekshirishlar sutkada bir necha bor o‘tkaziladi. Bir martalik ijobiy natija olinmagan tekshirish bezgak tashxisi yo‘q, degan so‘z emas. Plazmodiylarni qonning yirik tomchi usulida tekshirish ancha qulay, chunki mikroskopning bitta ko‘rish maydonida katta hajmda qonni tekshirishga imkoniyat tug‘iladi. Bunda bitta ko‘rish maydoni surtmadagi 50 ta ko‘rish maydoniga to‘g‘ri keladi. Bemordan olingan qon tomchisini toza quruq buyum oynachasiga qo‘yiladi va 1 sm diametrda dog‘ shaklida surtiladi. Shu usulda tayyorlangan yirik tomchi havoda quritiladi va bu preparatga suyultirilgan Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘ini (1 ml suvga 1 tomchi bo‘yoq) quyamiz. Bunda eritrositlar gemolizlanadi. Yirik tomchi 40 daqiqa davomida bo‘yaladi, so‘ngra preparat ehtiyotkorlik bilan vodoprovod suvida chayiladi va preparat vertikal holatda xona haroratida quritiladi.
Qo‘zg‘atuvchilar turi odatda surtmada farqlanadi. Bir vaqtda bitta emas bir nechta preparatlar tekshirilgani ma’qul.
Parazitologik tekshirishlar natijasini miqdor va sifat jihatdan ta’riflash zarur: intensiv parazitemiya (bitta ko‘rish maydonida 10 ta va undan ortiq parazitlar) yoki Plasmodium falciparum rivoj- lanishi oraliq bosqichlarining mavjudligi, odatda bu tropik bezgak- ning yomon va koma yoki boshqa xavfli shakllar bilan kechishini bildiradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling