E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet216/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Davolashda mebendazol (vermoks) qo‘llanadi. Asosiy davolash usuli — jarrohlik usuldir.
Profilaktikasi yirtqichlar terisiga ishlov berish va it boquvchilarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat. Bundan tashqari yovvoyi holda o‘sadigan rezavor mevalarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish ham asosiy ahamiyatga ega. Kasallik yuqtirish xavfi katta bo‘lgan ma’lum kontingentlar — ovchilar, yovvoyi rezavor meva- lar teradiganlar va boshqalar doimo tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart.
Bemor va operatsiya qilingan kishilar umr bo‘yi dispanser ro‘yxatida turadilar, ular har 2 yilda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Nazorat savollari

  1. Alveokokkning exinokokkdan farqi nimada?

  2. Odamga alveokokkoz qanday yuqadi?

  3. Alveokokkozning rivojlanish mexanizmi qanday?

  4. Alveokokkozga laboratoriya usulida qanday tashxis qo‘yish mumkin?

Nematodozlar (nematodoses)
Nematodozlar — yumaloq chuvalchanglar (Nematoda) sinfiga mansub gelmintlar qo‘zg‘atadigan invaziyalar guruhidir. Nema- todalar yumaloq, cho‘zilgan, kutikula bilan qoplangan bo‘lib, 1 mm (strongilidlar)dan 20—25 sm (askaridalar)gacha bo‘ladi. Ular­ning bosh qismida og‘iz teshigi joylashgan. Nematodalarning hazm va nerv sistemalari trematodalar va sestodalarga nisbatan ancha mukammal tuzilgan. Nematodalar — ayrim jinsli hayvonlar hisob- lanadi. Urg‘ochilari erkaklariga qaraganda ancha yirik, tuxum qo‘yadi (ko‘pincha lichinkalarga ega) yoki tirik tug‘adi (filyariyalar).
Gelmintlarning jinsiy yetilgan shakllari odam ichagida parazitlik qiladi. Propagativ bosqichlari tuproqda yetiladi. Bundan invaziv tuxumlar ajratadigan (kontagioz gelmintoz) ostritsa va strongilidlar (ularning lichinkasi odam ichagidayoq tuxumdan chiqadi — autoin- vaziya) mustasnodir. Invaziyali lichinkalar trixinellyozda ham shakllanadi, ammo ularning keyingi rivojlanishi yangi xo‘jayin organizmidagina kuzatilishi mumkin. Ayrim nematodalarning (askaridalar, ankilostomalar) tuxumlardan chiqqan lichinkalari ichakdan qonga kiradi va murakkab migratsiya jarayonidan o‘tadi. Bu vaqtda invaziyaning dastlabki bosqichlaridayoq kuchli mahalliy va umumiy allergik reaksiyalar vujudga keladi va qator a’zolar zarar­lanadi. Katta nematodalarning ham migratsiyasi kuzatilishi mumkin, bu esa og‘ir asoratlarga olib keladi.
Enterobioz (enterobiosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Enterobius vermicularis — ostritsa, oq rang- dagi katta bo‘lmagan nematoda, uzunligi 9—12 mm (urg‘ochisi)dan 3—4 (erkagi)gacha. Parazitning bosh qismi kutikular kengaygan ko‘rinishga ega bo‘lib, u yopishish (fiksatsiya) a’zosi bo‘lib xizmat qiladi. Tanasining dum qismi o‘tkir, shuning uchun «ostritsa» (o‘tkirlashgan) nomini olgan. Urg‘ochi tanasi orqali tuxumlarga to‘la bo‘lgan bachadon ko‘rinib (yorishib) turadi. Erkagining dum qismi bukilgan holda ko‘rinadi. Tuxumlari tiniq, qobig‘i nozik va silliq bo‘ladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling