E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet220/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Trixosefaloz — peroral geogelmintozdir. Oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai odam hisoblanadi. U odamning yo‘g‘on ichagida parazitlik qiladi. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Faqat tuproqda yetarli namlik va havo harorati (15—37°C) bo‘lganda tuxumlarda invaziyali lichinkalar rivojlanadi. Ular 2 haftadan 3—4 oygacha yetiladi. Tuxumlar tuproqda 1—2 yilgacha yashashi mumkin. Shakllangan lichinkalarga ega bo‘lgan tuxumlar odamga yuqish va uni kasal- lantirish xususiyatiga ega.
Odam yetilgan lichinkalarga ega bo‘lgan tuxumlarni sabzavot, meva va suv orqali yuqtiradi. Bundan tashqari polizda ishlaganda, bolalar yerda o‘ynaganda va boshqa hollarda ifloslangan qo‘llar orqali parazit tuxumlarining og‘izga tushishi natijasida ham invaziyani yuqtirib olish mumkin. Ichakda tuxumlardan lichinkalar chiqadi, ular ingichka ichak qilchalari (vorsinkalari)ga kiradi va u yerda 3—10 sutka davomida rivojlanadi. So‘ngra lichinkalar qilchalarni yorib ichak bo‘shlig‘iga tushadi. Undan yo‘g‘on ichakka borib, u yerda ushlanib, bir oy davomida yetilgan (katta) bosqichga aylanadi. Organizmda parazitlar soni bir nechadan mingtagacha yetishi mumkin. Gelmint 5—6 yil, ba’zan esa ko‘proq yashaydi. Trixosefalyozga moyillik umumiydir.
Parazit yo‘g‘on ichakda parazitlik qilishi natijasida ichakni ma’lum darajada shikastlaydi, ba’zida shilliq osti va mushak qavatlariga kiradi. Parazitlar atrofida infiltratlar hosil bo‘lib, qon quyilishlar, shish, ba’zan eroziya va nekrozlar aniqlanadi. Kasallik patogenezida orga­nizmning parazit metabolitlari bilan sensibilizatsiyaga uchrashi ham katta ahamiyatga ega.
Invaziyaning dastlabki klinik belgilari kasallik yuqqandan 1—1,5 oy keyin yuzaga chiqadi. Bu parazitlar ko‘p bo‘lganda oshqozon- ichak faoliyati buziladi. Bemorda ishtaha pasayib, u ba’zan qusadi, ko‘pincha ich ketish bilan qabziyat almashib turadi, meteorizm kuzatiladi. Bemorni oshqozon sohasi (epigastriy)dagi kuchli og‘riq bezovta qiladi va bu yara kasalligini eslatadi. Ko‘richak sohasidagi og‘riq ko‘pincha o‘tkir appenditsitni eslatadi va bu xato tashxis qo‘- yilishiga sabab bo‘ladi. Lekin trixosefalyozda ko‘richak invaziyalanishi natijasida haqiqiy appenditsit ham kuzatilishi mumkin. Kasallikda uyqu buzilib, bosh og‘riydi, aylanadi, ish faoliyati pasayadi, bolalarda talvasa sindromi paydo bo‘lishi mumkin. Qonda eozinofiliya aniqlanadi. Og‘ir invaziyada anemiya kuzatiladi.
Tashxis najasni mikroskopda tekshirishga asoslangan. Para- zitlarning tuxumlari boyitish va Kato usullarida oson topiladi.
Trixosefalozni davolash mas’uliyatli va murakkab masala hisob­lanadi. Vermoks (mebendazol) 200 mg dan sutkasiga 3—4 kun davomida buyuriladi. Defezil va bemosat ancha foydali preparatlar hisoblanadi. Ular bir xil miqdorlarda: kattalarga sutkasiga 5 g dan, bolalarga 2—5 yoshda — 2,5—3 g, 6—10 yoshda — 3,5—4 g, 11—15 yoshda — 4—4,5 g dan 5 kun davomida tayinlanadi. Ovqatlanishdan

  1. 2 soat oldin 3 mahal qabul qilinadi.

Davolashdan 2—3 hafta keyin najas nazorat uchun tekshiriladi.
Kasallik bilan kurashish tadbirlari askaridozdagi kabi.
Nazorat savollari

  1. Trixosefaloz qo‘zg‘atuvchilari haqida gapirib bering.

  2. Odamga trixosefaloz qanday yuqadi?

  3. Trixosefalozning klinikasi qanday kechadi?

  4. Trixosefalozga tashxis qo‘yishda nimalarga ahamiyat beriladi?

  5. Trixosefaloz davosini gapirib bering.

Ankilostomidozlar (ancylostomidoses)
Qo‘zg‘atuvchilari — ikki turdagi yumaloq chuvalchanglardir: Ancylostoma duodenale (egri bosh) va Necator americanus (neka- tor yoki Amerika egri boshi). Bu nematodalarning o‘lchami 1—2 sm ga teng. Ular tuzilishiga ko‘ra juda o‘xshash. Bosh qismi og‘iz kapsu- lasiga ega. Erkak parazitlarning dum qismida qo‘ng‘iroqsimon (jomsimon) kengayish yoki sumkacha mavjud. Ankilostomalar va nekatorlar tuxumi tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qilmaydi. Ular ovalsimon shaklda bo‘lib, yupqa tiniq qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Najasda bir sutka ichida tuxumlarda lichinkalar rivojlanadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling