E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Yuqumli kasalliklar
Davolashdan keyin 2—3 hafta o‘tgach, najasni nazorat uchun tekshiriladi.
Profilaktikasi ankilostomidalar bilan invaziyalanganlarni aniqlash va davolash bo‘yicha kompleks tadbirlar, shaxta va yer osti inshootlarini tozalash hamda najaslar bilan ifloslantirmaslik bo‘yicha sanitar-epidemiologik tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Nazorat savollari Ankilostomalar ichakning qaysi bo‘limida parazitlik qiladi? Ankilostomidozda anemiya holatining rivojlanishiga asosiy sabab nima? Ankilostomidozni davolashda qanday preparatlar qo‘llanadi? Ankilostomidoz profilaktikasini gapirib bering. Strongiloidoz (strongyloidosis) Qo‘zg‘atuvchisi — strongiloid yoki ichak ugritsasi (Strongyloides stercoralis) — mayda tiniq ipsimon nematoda, ayrim jinsli, uzunligi 3 mm ga teng. Odamning ingichka ichagida ichak kriptalari (liberkun bezlari) bo‘shlig‘i hamda o‘t va pankreatik yo‘llarga kirib yashaydi. Har bir urg‘ochi parazit bir sutkada 50 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Tuxumlardan ichakda rabditsimon (invaziv bo‘lmagan) lichinkalar chiqadi, ularning kattaligi 0,1—0,3 mm ni tashkil qilib, oldingi uchi — to‘mtoq, orqa uchi esa o‘tkir bo‘ladi. Strongiloidoz — geogelmintoz bo‘lib, invaziya manbai odam hisoblanadi. Rabditsimon lichinkalar odam najasi bilan tuproqqa tushib, 1—4 kundan so‘ng filariysimon (invazion) lichinkalarga aylanadi. Ko‘pincha rabditsimon lichinkalar erkin harakatlanuvchi urg‘ochi va erkak parazitlarga aylanadi, ular esa tuproqda uzoq vaqt yashashi va rabditsimon lichinkalarning yangi avlodlarini paydo qilishi mumkin, ular ham filariysimon shakllarga aylanadi. Odam ovqat mahsulotlari, ayniqsa sabzavot va mevalarni iste’mol qilish orqali filyariysimon lichinkalarni yutib yuborganda hamda ularning teri orqali faol kirishi natijasida kasallik yuqtiradi. Filariysimon lichinkalar odam organizmiga tushgandan so‘ng qon oqimi bilan migratsiya qiladi va o‘pkaga kiradi. Bu yerda kapillarlarni yorib, ular alveolalar bo‘shlig‘iga, so‘ngra — bronxlar va shilimshiq bilan og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi. So‘lak bilan yutilgandan keyin ichakka yetib borib, jinsiy yetilish davrigacha rivojlanadi. Odam organizmidagi — Yuqumli kasalliklar strongiloid 17—27 sutka davomida rivojlanadi. Invaziyaga barcha yoshdagi kishilar beriluvchandir. Invaziya patogenezida, ayniqsa dastlabki migratsion bosqichda parazit almashinuvi mahsulotlari bilan organizm sensibilizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Katta urg‘ochi gelmint yopishib, parazitlik qilishi natijasida ingichka ichak mexanik jarohatlanadi. Oshqozon- ichak yo‘llarida qon quyilishlar, eroziyalar va hatto yaralar aniqlanadi. O‘pkada parazitar o‘choqlar, jigar va oshqozon osti bezida distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Kasallikning dastlabki bosqichida holsizlik, bosh og‘rig‘i, terming qichishishi, tana haroratining biroz ko‘tarilishi va toshmalar toshishi mumkin. Bronxit va pnevmoniya simptomlari kuzatiladi. Kasallikning ichak bosqichida ishtaha pasayib, og‘izda achchiq ta’m seziladi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan qusish, qorin, o‘ng qovurg‘a sohasida og‘riq va qabziyat (ayrim bemorlarda esa aksincha — ich ketishi) qayd etiladi. Ko‘pincha oshqozon osti bezi zararlanishi (pankreatit) belgilari kuzatiladi. Strongiloidoz uchun qonda eozinofiliya xos. ECHT 40—60 mm/ soatgacha oshishi mumkin. Kasallikka erta tashxis qo‘yishda qondagi ko‘rsatkichlarda bo‘lgan eozinofiliyaga e’tibor beriladi. Migratsiya qilayotgan lichinkalarni topish uchun mikroskopda balg‘am tekshiriladi. Ichak bosqichida tashxis duodenal suyuqlik va najasni tekshirish orqali lichinkalarni topishga asoslangan. Najas asosan yangiligida, iloji boricha ich suruvchi dorilar qabul qilgandan so‘ng tekshiriladi. Strongiloidozga gumon qilinganda birinchi laboratoriya natijasi ijobiy bo‘lmasa, 5— 7 kunlik interval bilan 3—5 marta takroran tekshiriladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling