Nazorat savollari
Adenovirusli infeksiya nima va u qanday yuqadi?
Adenovirusli infeksiya patogenezini gapirib bering.
Adenovirusli infeksiyalar uchun qanday klinik belgilar xos?
Adenovirusli infeksiyalarga tashxis qanday qo‘yiladi?
Adenovirusli infeksiyalarning spetsifik profilaktikasi uchun nima qo‘llanadi?
Difteriya (diphteria)
Difteriya (bo‘g‘ma) — yurak-qon tomir hamda nerv siste- masining toksik zararlanishi, mahalliy yallig‘lanish tufayli fibrinoz parda hosil bo‘lishi va umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi kattaligi o‘rtacha 1—8 mkm, kengligi 0,3—0,8 mkm bo‘lgan tayoqchasimon mikroblar bo‘lib, uchlari to‘g‘nog‘ich shaklida kengaygan bo‘ladi. Difteriya mikroblarining xarakterli xususiyati — bu ularning surtmada rim raqami V shaklida joylashishidir. Difteriya tayoqchalari harakatsiz, spora hosil qilmaydi, kapsulaga ega emas, grammusbat. Gram usulida yaxshi bo‘yaladi.
Difteriya tayoqchasi aerobdir. Hozirgi vaqtda qo‘zg‘atuvchilarni o‘stirish uchun Buchin va telluritli muhitlar hamda qonli agar qo‘llaniladi. 3 turdagi difteriya tayoqchalari farqlanadi (gravis, mitis va intermedius). Uzoq yillargacha difteriyaning og‘ir kechishini qo‘zg‘atuvchining biokimyoviy turi bilan bog‘lab keladilar, ammo klinik-bakteriologik tekshirishlar buni tasdiqlamadi. Ko‘payish jarayonida difteriya tayoqchalari murakkab oqsil tabiatiga ega bo‘lgan kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi va u odam uchun juda kuchli zahar hisoblanadi. Ekzotoksinga formalin eritmasida ishlov berish orqali anatoksin olinadi, u zaharsiz hisoblanadi. Lekin teri ostiga yoki mushak orasiga yuborilganda organizmda antitoksin ishlab chiqiladi. Difteriyaga qarshi anatoksin yordamida emlash o‘tkazish shunga asoslangan. Ekzotoksinga ko‘pgina tajriba hayvonlari (dengiz cho‘chqalari, quyonlar, maymunlar va b.) sezgirdir; qo‘zg‘atuv- chining o‘zi hayvonlar uchun patogen emas. Mayda tomchilar
— Yuqumli kasalliklar
shaklida sochilgan kulturasi havoda 1—2 kun saqlanadi, hatto quyosh nurida u faqat bir necha soatdan keyin o‘ladi. Yuqori haroratga (+50°C da 30 min davomida o‘ladi) va barcha dezin- feksiyalovchi moddalarga sezgir. Masalan, 3% li lizol eritmasida tayoqchalar 10 minutdan keyin, 2% li xloramin yoki 5% li karbol kislota eritmasida — 30—40 sekundda o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |