E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Retseptorlarning qo'zg'alish mexanizmi Hamma sensor tizimlar qo'zg'aluvchan bo'ladi. Retseptorlar ta'sirlanganda ularda ta'sirlovchi va retseptor tuzilmasining o'rtasidagi yordamchi tuzilmalarida asab impulslari paydo bo'ladi. Yordamchi tuzilmalar orqali ta'sirot kuchi (energiyasi) asab impulslarga aylanadi, bu transformasiya deyiladi. Yordamchi tuzilma orqali tashqi ta'sirot reseptiv a'/.ogacha yetib borib, uning xarakteri (modalligi) aniqlanadi. Bu molekular darajada o'tadigan ta'sirot bilan retseptor o'rtasidagi birinchi o'zaro ta'sirlanish bosqichi deyiladi. Retseptor tomonidan ta'sirlovchini qabul qilib olish jarayoni (signalni lopish) uning biologik ahamiyatini aniqlash natijasida membrana o'tkazuvchanligi keskin o'zgaradi. Bu retseptor faoliyatining ikkinchi bosqichi deyiladi. Bu davr davomida membrana orqali Na* ionlarining o'tkazuvchanligi ortib, mahalliy elektrik potensiali hosil 126 bo'ladi, buning natijasida hosil bo'ladigan potensial retseptor potensiali deb ataladi. Та'sir potensialining tarqalishi membrananing qarshilik ko'rsatishiga va hajmiga bog'liq bo'lib, elektroton deb ataladi. Shu sababli asab tolalarida retseptor potensialining sekinlik bilan tarqalishi elektrotonik tarqalish deb ataladi. Retseptor potensialining elektrotonik tarqalishi, neyron dendritlari va soma orqali aksonga berilishi retseptor faoliyatining uchunchi bosqichi hisoblanadi. Nihoyat, to'rtinchi bosqich retseptorlarda ta'sirotni asab impulslarga aylanishi (kodlanish, transformatsiyalash) dan iborat. Hosil bo'lgan axborot impulslari afferent asab tolalari orqali markaziy asab tizimining tegishli sensor mintaqalariga yetkazib beriladi.Ta'm bilish analizatori Ta'm bilish retseptorlari tilda qisman yumshoq tanglaydi joylashgan ho'lib, og'izga kirgan moddalar haqida ma'lumot beradi. Ta'm bilish retseptorlarining ta'sirlanishi hazm a'zolarini ishga soladigan ko'pgina shartsiz reflekslarning qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Eng ko'p uchraydigan retseptorlar-ta'm bilish so'rg'ichlaridir. Ta'm bilish so'rg'ichlari ipsimon, bargsimon, zamburug'simon va tarnovsimon bo'ladi. Bitta so'rg'ichda 250 tagacha retseptor joylashgan. Ta'm se/gilarini shirin, achchiq, sho'r va nordon deb to'rt guruhga bo'lish mumkin. Shu to'rtta asosiy sezgining aralashmasidan iborat bo'lgan boshqa ta'm sezgilari ham anchagina bor. Modda ta'm biluvchi retseptorga ta'sir eta olishi uchun suyuqlikda erigan bo'lishi kerak. Ta'm bilish sezgisining kelib chiqishi uchun haroratning ahamiyati juda katta. Qaynoq va sovuq ovqat ta'm bilish sezgilarini susaytiradi. Buni kundalik turmushda ko'rish mumkin. Qandli choy qaynoq bo'lsa, deyarli ma/.asi yo'qqa o'xshab tuyiladi. Shuningdek og'izda bir chaqmoq qand , o!ih, sovuq suv bilan ichib yuborilsa, shirin mazasining deyarli hech bir se/ilrnasligi ham ma'lum. Ta'm bilish analizatorining uchta ncyroni farq qilinadi. Birinchi neyron tilning shilliq qavatidagi ta'm bilish so'rg'ichlarida tilning ildiz qismi va yutqum sohasida joylashgan bo'lib, uzunchoq miyaga borib tugaydi. Ikkinchi neyron uzunchoq miyaning birinchi neyron tamom bo'lgan joyidan boshlanib, talamusda (ko'ruv do'mbog'ida ) tugaydi. Uchinchi neyron talamusdan boshlanib, ta'm bilish a'zosining miya po'stlog'idagi markazida, ya'ni orqa markaziy pushtaning pastki uchida tugaydi. Ta'm bilish sezgisini yuzaga chiqaruvchi bir nechta ta'sirlovchi bir vaqtda yoki ketma-ket qo'llanilganda, ta'm bilish kontrasti va ta'mlarning aralashib ketishi mumkin: Ta'm bilish kontrasti shundan iboratki, ta'm bilish sezgisini yuzaga chiqaruvchi boshqa bir ta'sirlovchi ta'sirida qanday bo'lmasin bir ta'mni sezish ortadi. Masalan, shirin sezgisini yuzaga chiqaradigan ikki yoki uch ta'sirlovchi bir vaqtda ta'sir etganda ba'zan yangi ta'm sezgisining keiib chiqishi ta'mlarning aralashib ketishi deb ataladi; yangi ta'm bilish sezgisi o'z komponentlariga o'xshamaydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling