Ko'ruv analizatori
Ko'ruv informatsion tizimi boshqa sensor tizimlar orasida alohida o'rin tutadi. Ko'ruv
a'zosi g'oyatda sezgir a'zo bo'lib, uning yordamida odam tevarak-atrofidagi
buyumlarning tuzilishi, rangi, shakli, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi. Odam tashqi
dunyoni ko'ruv a'zosi yordamida 90% axborotlarni idrok ctadi. Bundan tashqari,
ko'ruv analizatori organizmda fotoretseptorlarga (yorug'likni sezuvchi retseptorlarga)
ega bo'lgan yagona tizimdir. Bu tizim orqali organizm kunning tunga o'tgani
to'g'risida, uzoq-yaqin jismlarning tashqi qiyofasi to'g'risida axborot oladi. Atrofdagi
turli-tuman manzaralarni, narsalarni ko'rishimizning sababi shundaki, qaysi bir
manbadan (quyosh, elektr lampa) ularga tushgan nur qaytarilib, ko'zga tushadi va
fotoretseptorlarda qo'zg'alish hosil bo'ladi. Ko'ruv obrazining shakllanishi aks
etiirilgan nurlarni ko'z optik tizimiga - to'r pardaga aniq proyeksiyalashdan
boshlanadi va analizatorning po'stloq markazida ko'ruv doirasida qanday jism borligi
to'g'risida xulosa qilish bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |