E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Fiziologik funksiyalar Organizm hayot faoliyatining moslashishiga yoki o'zgarti-rilishiga qaratilgan har bir biologik reaksiya fiziologik funksiya-lar tufayli amalga oshiriladi.Tashqi muhit ta'sirini sezish hamma organizmlarga xos xususiyat bo'lib, odamda juda taraqqiy qilgan bo'ladi.Musbat va manfiy ta'cirlovchilar uzoq vaqt mobaynida ma'lum bir izchillik bilan ta'sir etib tursa,ularni qo'llanish ta'sir-lovchilarning xiliga qarab hamisha bir fiziologik funksiyaga sa-bab bo'ladi.Hujayra, to'qima, a'zo yoki organizmning har qanday fiziologik funksiyasi filogenez va ontogenez natijasidir,chunki rivojlanish jarayonida har bir tizilmaning o'ziga xos funksiyalari paydo bo'ladi va ular miqdor va sifat jihatdan o'zgaruvchan bo'-ladi. Modomiki shunday ekan, turli fiziologik funksiyalarining vujudga kelishi organzimning tashqi va ichki (irsiy) omillari ta'-siri bilan bog'liq ekanligi ayon bo'lib turibdi. Fiziologik funksiyalar va moslashish xilma-xilligi modda-lar almashinuvi (metabolizmi) va tashq muhit ta'siriga qarab muntazam o'zgarishiga bog'liq,chunki metabolizm hayotning za-rur shartidir va tirik organizmning asosiy funksiyasidir. Moddalar almashinuvining to'xtashi oqibatida organizm o'-ladi,sitoplazma yemirilib ketadi,kimyoviy birikmalar pafchala-nib,hyech avvalgi hollga qaytmaydi.Barcha fiziologik funksiya-lar-o'sish, rivojlanish, ko'payish, ovqatlanish va ovqatni hal qi-lish,nafas olish,sekretsiya va hayot faoliyati tashlandiqlarini chi- qarish,harakat,tashqi muhitning o'zgarishiga javoban ro'y beruv-chi reaksiyalar va shu kabilar modda almashinuviga bog'liq. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling