E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

assimilatsiya va dissimilatsiya orqali o'tadi. Bularni anabolizm va katabolizm deb 
ham aytiladi. 
        Ovqat  moddalari  tarkibiy  qismlarining  hujayralarga  o'tishi  assimilatsiya    yoki 
anabolizm  deyiladi.  Bu  jarayon  natijasida  hujayralarning  tarkibiy  qismlari 
yangilanadi,  ular  ko'payadi.  Or-ganizm  qancha  yosh  bo'lsa,  unda  assimilatsiya 
jarayoni  shuncha  faol  o'tadi.  Bu  esa  yosh  orga-nizmning  o'sishi  va  rivojlanishini 
ta'minlaydi. 
        Hujayralar 
eskirgan 
tarkibiy 
qismlarining 
parchalanishi 
(yemirilishi) 
dissimilyasiya  yoki katabolizm deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo'ladi va 
bu  energiya  assimilatsiya  ja-rayoni  uchun  sarflanadi.  Dissimilatsiya  jarayoni 
natijasida hosil bo'lgan qoldiq  moddalar  ayirish  a'zolari orqali tashqariga  chiqariladi 
(karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar). 
        Shunday qilib,odam organizmida assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari bir-
biriga bog'liq holda davom etadi. Sog'lom bo'lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon 
bir-biriga teng muvozanatda bo'ladi.Yosh organizmda assimilatsiya jarayoni ustunroq 
bo'lib,  buning  natijasida  o'sish  va  rivojlanish  ta'minlanadi.  Keksa  odamlar 
organizmida esa dissimilatsiya jarayoni ustun bo'ladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling