E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

 
Reflektor reaksiyalar 
 
       Odamda  reaksiyalarning  maxsus  tipi-reflekslar  rivojlangan.  Sezuvchi  asab 
oxirlari-retseptorlarning  ta'sirlanishga  javoban  albatta  asab  tizimining  ishtiroki  bilan 
organizmda  ro'y  beradigan  reaksiyalar  reflekslar  deb  ataladi.Asab  hujayrasi  neyron 
deb,a-taladi.Neyronlar quyidagicha bo'linadi: 
1) sezuvchi yoki retseptor neyronlar, 
2) ijrochi yoki effektor neyronlar va  
3) kontakt neyronlar. 
       Turli  retseptorlar  o'zlari  uchun  adekvat  bo'lgan  ta'sirlovchi-larni  sezishga 


 

moslashgan. 
       Retseptorlarning quyidagi turlari bor:  
       1) mexanoretseptorlar: 
 a) tegishni sezadigan-turlari - taktil retseptorlar; 
 b) cho'zilish va bosilishni sezadigani-pressoretseptorlar va ba-roretseptorlar; 
 v) tovush tebranishlarini sezadigan -fonoretseptorlar: 
      2) tezlanishni sezadigani-akselleretseptorlar,yoki vestibulo-retseptorlar;  
      3) xemoretseptorlar muayyan kimyoviy moddalarning ta'si-rini sezadi; 
       4) termoretseptorlar harorat o'zgarishini sezadi;  
       5) osmoretseptorlar osmotik bosimining o'zgarishini sezadi. 
       Tashqi  muhitdan  keluvchi  ta'sirotlarni  sezadigan  retseptor-lar:  tovush 
tebranishlarini,  yorug'lik  ta'sirini  sezadigan  retseptor-lar,  hid  bilish,  ta'm  bilish 
retseptorlari,harorat  o'zgarishini  seza-digan  va  taktil  retseptorlar  tana  sirtiga  yaqin 
joylashgan  bo'lib,  eksteroretseptorlar  deb  ataladi.Organizrn  ichki  muhiti,  a'zolar 
holati  va  faoliyatining  o'zgarishiga  aloqador  o'zgarishlarni  seza-digan  retseptorlar 
interoretseptorlar  deb  ataladi.Skelet  mushak-laridagi  retseptorlar  -proprioretseptorlar 
ham interoretseptorlarga kiradi. 
        Asab  hujayralarining  periferiyadan  (tanani  turli  qismlari-dan)  markaziy  asab 
tizimiga  qo'zg'alish  o'tkazadigan  shu  o'siq-lari  markazga  intiluvchi,yoki  afferent 
tolalar deb ataladi. 
         Effektor  neyronlar  periferiyaga  boradigan  o'siqlari  –  mar-kazdan  qochuvchi 
yoki  efferent  tolalar  orqali  impulslar  o'tkaza-di.Bular  esa  turli  a'zolar  holati  va 
faoliyatini o'zgartiradi. 
         Skelet mushaklarining qisqarishiga sabab bo'ladigan hara-katlantiruvchi (motor) 
neyronlarining  bir  qismi  efferent  tolalari  markaziy  asab  tizimida  -bosh  miyada  va 
orqa miyada bo'lib, bar bir neyrondan periferiyaga faqat bitta o'siq ketadi. 
         Kontakt  neyronlar  markaziy  asab  tizimida  bo'lib,turli  ney-ronlarni  bir-biriga 
bog'lash  funksiyasini  o'taydi.Kontakt  neyron-lar  asab  impulslarini  bir  xil 
neyronlardan ikkinchi xil neyronlar-ga o'tkazib beruvchi rele stansiyalari desa bo'ladi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling