E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qo'zg'alish Qo'zg'aluvchan hujayralar uchun ta'sirlovchilarning ta'siriga o'ziga xos javob beradigan qobiliyati bor,ularda maxsus fiziolo-gik jarayon -qo'zg'alish ro'y beradi. Qo'zg'alish fizikaviy va kimyoviy jarayonlar va funksional o'zgarishlar yig'indisida namoyon bo'ladigan murakkab to'lqin-simon biologik reaksiyadir.Qo'zg'alish jarayonida hujayra mem-branasining bioelektrik jarayonlari o'zgaradi, hujayra fiziolgik tinchlik holatidan shu hujayraga xos fiziologik faol holatiga o'ta-di: mushak qisqaradi,bez hujayrasi sekret chiqaradi,asab impuls-lari paydo bo'ladi. Qo'zg'aluvchan hujaylarda uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o'rtasida, ya'ni hujayra yuzasidagi membrananing ikkala tomonida biopotensiallari doim farq qiladi.Hujayra membranasi shu tariqa qutblangan (polarizatsiyalangan)-ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli.Shu potensiallar farqini mem-brana potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o'n millivoltga mos keladi. Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta'sirla-nuvchan bo'ladi, ya'ni tashqi muhit ta'sir etganda o'z struktura-sini o'zgartirish, aktiv faoliyat ko'rsatish,bu faoliyatni kuchay-tirish yoki susaytirish bilan javob beradi.Turli ta'sirlarga javoban organizm va hujayralari strukturasining o'zgarishini biologik reaksiyalar,ularni vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta'sirlarni esa ta'sirlovchi yoki stimullar deb yuritishadi. Tashqi muhitning yoki organizrn ichki holatining bar qan-day o'zgarishi yetarlicha katta bo'lsa, yetarlicha tez ro'y bergan bo'lsa va uzoq davom etsa,tirik hujayraning yoki butun organi-zmning ta'sirlovchisi bo'la oladi. . Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling