E nuritdinov
Jismoniy tarbiyaning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta'siri
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Jismoniy tarbiyaning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta'siri
Qon aylanishi organizm hayotida muhim rol o'ynaydi. Ayrim a'zolarning qon bilan yetarlicha ta'min qilinmasligi, hatto qisqa vaqt ichida yetishmasligi ularning faoliyatini jidddiy buzilishlarga olib keladi. Yurak va qon tomirlar tizimida umumiy qon aylanishining buzilishi deb, shu tizimning ko'pgina bo'limlarini o'z ichiga olib, unga qonning normal aylanishiga to'siqlik qiladigan buzilishlariga aytiladi. Yurak va qon tomirlar tizimining biror bo'limida ro'y bergan ayrim buzilishlar qon aylanishining umumiy buzilishlariga olib kelishi murnkin. Shuning uchun qon aylanishidagi yetishmovchilik bir necha xil ko'rinishda bo'lishiga qaramasdan, turli kasalliklar (yurak porokida, miokardit, perikardit, kardioskleroz, o'pkaning surunkali kasalliklari va hokazolar) asosiy alomatlari bir xil bo'ladi. Shuning uchun yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etish, organizmni chiniqtirish, Jismoniy mehnat, sport bilan muntazam ravishda shu^'allanish maqsadga muvofiqdir. Yurak-qon tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg'ulotlari bo'lgan yurish va yugurish, nafas olish gimnastika mashg'ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Har bir yosh kishi har kuni o'rtacha 20-25 ming qadam (12-15km) katta odamlar esa kamida 10-12 ming qadam (8-10 km) yurish yoki yugurishi kerak. Jismoniy chiniqqan odamning yuragi morfo-fiziologik jihatdan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo'ladi. Masalan, miokardda qon aylanishining kuchayishi, uning oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlashining yaxshilanishi natijasida mushak tolalari yo'g'onlashadi, yurak devori qalinlashadi, uning klapanlari mustahkamlanadi va hajmi kattalashadi. Bu o'zgarishlar natijasida yurakning qisqarish kuchi ortadi. Yurak mushaki qanchalik kuchli bo'lsa, vaqt birligida ichida u tomirlar tizimiga shunchalik ko'p qon chiqarib beradi. Jismoniy mashq bilan shug'ullanish yurakning tuzilishiga qanday ta'sir ko'rsatishini tushunib olish uchun 32-rasmni ko'zdan kechirib chiqing. Unda Jismoniy mashqlar bilan shug'ullangan (I) va shug'ullanmagan (II) odamlar yuragining umumiy tuzilishi ko'rsatilgan. Sunday odamlar jismoniy mashq bajarganda yuragining sistolik hajmi 120-140 ml gacha ko'payadi (tinch holatda 65-70 ml bo'ladi). Yurakning daqiqali hajmi 25-30 litrgacha ko'payadi (tinch holatda 5 1). Yurakning qisqarish tezligi (puls soni) 150- 200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yurak faoliyatining kuchayishi, undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdohning ortishi, organizmda qon aylanishining tezlashuvi barcha to'qimalar hamda yurak mushaklari oziq moddalar, gormonlar, vitaminlar, kislorod bilan ta'minlashini yaxshilaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, yurak-qon tomir tizimini jismoniy mashqlar bilan shug'ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi zarur. Chiniqishning boshlanishida 51 jismoniy mashqlar hajmi kam bo'lib, asta-sekin ko'paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqining hajmi, ya'ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog'lig'ini e'tiborga olgan holda belgilanishi kerak. Aks holda, yurak zo'riqishi natijasida har xil kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor bilan ish ko'rishi lozim Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling