E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Limfa va uning aylanishi
Odam organizmida qon aylanish tizimi bilan bir qatorda limfa ham mavjud. Limfa tizimi mikrosirkulator tizimining bir qismi bo'lib kapillarlardan, tomirlardan va limfatik to'gunlardan tashkil topgan. Limfa kapillarlari limfa tomirlariga quyiladi, bularning ichidagi suyuqliq - limfa ikkita yirik limfa yo'liga - bo'yin va ko'krak limfa yo'llariga oqib boradi, bu yo'llar o'mrov osti venalariga quyiladi (33, 34 rasmlar). Limfatik kapillarlar limfatik tizimining boshlang'ich qismi hisoblanadi va qo'yidagi xususiyatlarga ega: ular berk kapillarlarning sertarmoq to'ridan boshlanadi; devorlari yuksak darajada o'tkazuvchan bo'lib, kolloid eritmalarni so'rib oladi; qon tomirlarida qon tana to'qimalariga oqib borsa va ulardan oqib ketsa, limfatik kapillarlari esa limfaning oqib ketishi uchun, ya'ni to'qimalarga kelgan suyuqlikning qonga qaytishi uchun xizmat qiladi. Limfatik kapillarlarning diametri 15-75 mkm gacha o'zagaradi, uzunligi esa 100-150 mkm gacha yetadi. Limfatik tomirlarining ichki qavatida bir biriga qarama-qarshi joylashgan juft chuntaksimon klapanlar mavjud. Ular orqali limfaning bir tomonga oqishi (ko'krak va o'ng limfatik yo'llariga) ta'minlanadi. Masalan, skellet mushaklari qisqarganda kapillarlar devorini mexanik tarzda qisadi, shu bois limfa venoz limfaning teskariga qarab harakatlanish tomirlarga qarab harakat qiladi. Biroq shu klapan apparati borligi tufayli amalga oshirolmaydi. -tirsak chuqurchasi; 2-bo'yin qismi; J-qo'ltiq osti cnuqurcnasi; v-cnov sohasi; 5-taqim osti chuqurctiasi. To'qimalardan qaytib ketayotgan limfa venalarga borib turib biologik filtrlar - limfa tugunlari orqali o'tishi g'oyat muhim, chunki organizmga kirgan ba'zi yot narsalar masalan, bakteriyalar, chang zarrachalari va h.k. limfa tugunlarida ushlanib qoladi va qonga o'tmaydi. Limfa kapillarlarining devori qon tomir kapillarlarining devoriga nisbatan ko'proq o'tkazuvchanbo'lgani uchun, organizmga yot zarralar qon tomir kapillarlariga emas, balki limfa kapillarlariga o'tadi. Katta yoshdagi odamlarda nisbatan tinch holatda bir daqiqa davpmida ko'krak limfa yo'llaridan o'mrov osti venaga 1,10"3 Г limfa (1 ml), bir kecha kunduz davomida esa 1,2 1 dan 1,6 1 gacha oqib o'tadi. Limfa - rangsiz, tiniq suyuqlik bo'ladi. Limfada fibrinogen borligidan, u ivib, g'ovak, sarg'ish laxta hosil qila oladi. Limfatik tomirlarda limfaning harakat tezligi 0,4-0,5 m/s tashkil qiladi. Limfaning kimyoviy tarkibi qon plazmasiga yaqin, biroq ,farqi shundaki, limfa tarkibida oqsil moddalar kamroq uchraydi. Uning tarkibiga oqsillardan-protrombin va fibrinogen kiradi, shu bois u ivish qobiliyatiga ega, lekin limfaning bu qobiliyati qonga nisbatan pastroq bo'ladi. Limfaning MO'9 nr (1mm3) tarkibida 2 dan 20000 gacha limfotsitlar borligi 52 aniqlangan bo'lib, katta yoshdagi kishilarda bir kechayu kunduz davomida ko'krak limfa yo'llaridan venoz qon tizimiga 35 mlrd. ga yaqin limfotsitlar limfa oqimi bilan o'tadi. Hazm vaqtda limfada oziq moddalar miqdori oshadi, shu. jumladan yog' miqdori ham oshib ketadi. Ovqat yegandan keyiii 6 soat davomida yog'ning limfadagi miqdori me'ydrga nisbatan bir nechai marta oshadi, shu sababli limfaning tarkibi a'zolar va to'qimalarda o'tayotgan m^ddalar almashinuvi jarayonini ko'rsatib beradi. Ba'zi bir moddalarning qondan limfaga o'tishi uning .diffuzion qobiliyatiga, umumiy tomirlarga o'tish tezligiga va qon kapilla^lari devorlarining yarim o'tkazuvchanlik qobiliyatlariga bipg'liq. Limfaga zaharlar va bakteriyaviy toksinlar zudlik bilan o'tadi. Limfaning hosil bo'lishi. Limfaning asosiy manbasi-to'qimalararo suyuqligi hisoblanadi, shu bois limfa hosil bo'lishida turli ishtirok etuvchi omillarga alohida e'tibor berish lozim bo'ladi. Ma'lumki, to'qimalararo suyuqlik qondan hosil bo'ladi, u orqali hujayralar o'zlari uchun kerakli oziq moddalar va kislorodni qabul qilib oladi, ayni holda, to'qimalararo suyuqliqga moddalar almashinuvi natijasida parchalangan moddalar va CO2 ni yetkazib beradi. Hozirgi kunda to'qimalararo suyuqlikning hosil bo'lish rnexanizmlarini tushuntirib berish uchun zarur bo'lgan qo'yidagi ikki nazariya mavjud: filtratsiya va sekretor nazariyalari. 1.Filtrasion nazariya. Limfa hosil bo'lish mexanizmini o'tgan asrning 50- yillarida K.Ludvig birinchi marta tushuntirib bergan. Uning fikricha, bu jarayon suyuqlikning kapillarlar devori orqali JEiltrlanishidan kelib chiqadi. Qon tomir kapillarlarining ichidagi va sirtidagi gidrostatik bosimlar farqi filtratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Hozirgi tasavvurlarga ko'ra qon tomir kapillarining devori yarim o'tkazuvchan membranadan iborat. Ana shu membranadagi ultramikroskopik teshiklar orqali filtratsiya ro'y beradi. Kapillarlarda gidrostatik bosimning ortishi suyuqlikning tomirlardan to'qimalararo bo'shligiga filtr qilinishi uchun asos bo'la oladi. Bu bosimning pasayishi-aksincha, suyuqlikning to'qimalararo bo'shlig'idan tomirlarga filtratsiya bo'lishi uchun sabab bo'ladi. Kolloid- osmatik bosim filtrlanish jarayoniga to'siq bo'ladi, shu sababli to'qimalararo suyuqlikning hosil qiladigan filtratsion bosimni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Nisbiy ,fizjologik tinch holatda a'zo va organizmda to'qimalararo suyuqlikning filtratsiyasi kapillarlarning arterial qismida tadi, chunki bu yerda gidrostatik bosim kolloid-osmotik bosimiga nisbatan ancha kuchliroq. Shu vaqtning zida kapillarlarning venoz qismida teskari hodisa ro'y beradi, ya'ni suyuqlik to'qimalar bo'shlig'idan kapillarlarga tadi, chunki bu yerda kolloid-osmotik bosimi gidrostatik bosimga nisbatan kuchliroq. Organizmning faollik davrida esa gidrostatik bosimining ortib ketishi natijasida to'qimalararo suyuqlik kapillarlarning hamma qismlarida ham hosil bo'laveradi. Bu holatda to'qimalararo suyuqlikning ko'p miqdori limfa tomirlariga o'tadi. 2.Sekretor nazariya. Bu nazariyani quvvatlaydigan olimlarning fikricha, limfa hosil bo'lishi kapillarlar devorini tashkil etgan hujayralarning zo'r berib sekret chiqarish natijasidir, masalan, me'da shirasi qanday hosil bo'lsa, limfa ham ushanday hosil bo'ladi, deb hisoblaydilar. So'ngi yillarda filtratsion nazariya tarafdorlari ko'paymoqda, lekin bu bilan birga kapillarlar devorining hujayralari ba'zi moddalarni 53 o'tkazib, ba'zi moddalarni o'tkazmasdan faol rol o'ynaydi, deb e'tirof qilinmoqda. Shish turli sabablar bilan paydo bo'ladi: limfa tomirlari bekilib yoki bosilib qolib limfaning oqib ketishi qiyinlashadi; venalar teshigi bekilib qolib, qon yurishmay, limfa ko'proq hosil bo'lganda; qondagi oqsillar kamayganda; ko'pincha zaharli hayvonlar va hasharotlarning kishini tishlashi yoki chaqishi natijasida kapillarlarning o'tkazuvchanligi o'zgarganda, badan kuyganda va shunga o'xshash hollarda shish kelib chiqadi. Limfaning harakati. Limfaning limfatik tomirlari bo'ylab harakat qilishiga bir qator omillar ta'sir qiladi. Limfaning harakat doimiyligi to'qimalararo ' suyuqlikning muntazam ravishda hosil bo'lishi uning to'qimalararo bo'shligiga o'tishi, hamda uning limfatik tomirlarga o'tishi bilan bog'liqdir. Limfaning harakati uchun a'zo laming faolligi, limfatik tomirlarning qisqarishi alohida ahamiyat kasb etadi. Limfa harakatini amalga chiqaruvchi yordamchi omillar quyidagilar: ko'ndalang targ'il va yordamchi mushaklarning qisqarish faoliyati, у ink venalarda va ko'krak bo'shligida manfiy bosimning hosil bo'lishi, nafas olish paytda ko'krak qafasining kengayishi va shu bilan birga limfatik tomirlardan limfaning haydalanishi. Limfaning siljib harakatlanishida ba'zi limfa tomirlar devorining ritmik qisqarishlari muayyan rol o'ynaydi. Bu qisqarishlar bir daqiqada 8-10 va hatto 22 marta ro'y beradi. Tuban umurtqalilardan ba'zilari, masalan, baqaning limfa tizimda maxsus a'zolar - limfatik yuraklar bor, bular limfaning siljib borishini ta'rhinlovchi nasoslar vazifasini o'taydi. Odamda ko'krak yo'li orqali bir kecha kunduzda qariyb 1200-1600 ml limfa qonga qaytib keladi. Limfaning oqish tezligi juda kam: masalan, otning bo'yin limfa tomirida limfa bir daqiqaga 27-30 sm yo'l bosadi. Limfatik tugunlar. Limfa kapillardan markaziy tomirlarga va undan limfa yo'llarga muntazam harakat qilib, bir yoki bir necha limfa tugunlaridan o'tib ketadi. Katta yoshdagi odamlarda 500-1000, limfa tugunlari mavjud va andozalari turlicha bo'ladi. Limfa tugunlari organizmning turli qismlarida joylashib quyidagi muhim funksiyalarni bajaradi: gemopoetik, immunopoetik, filtratsion, metabolik hamda rczervuar (o'tkazuv). Limfa tizimi umumiy qilib aytganda to'qimlarda limfa oqishini ta'minlaydi va uni tomirlarga yetkazib beradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling