E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

        O'pkalar  ham  qon  aylanishining  ikkala  doirasidan  qon  oladi:  1)  kichik  qon 
aylanish  doirasi  o'pkalarning  nafas  olish  funksiyasini  ta'minlaydi;  2)  o'pka 
to'qimasining  oziqlanishini  ko'krak  aortasidan  chiqadigan  bronxial  arteriyalar  qon 
bilan ta'minlaydi. 
O'pka  kapillarlari  diametri  taxminan  8  mkm.  Ular  bir-biriga  uiangan  bo'lib, 
alveolalarni  qalin  to'r  kabi  o'rab  turadi.  O'pka  .kapillarlarining  funksional  uzunligi 
250  mkm  bo'lib, qon  bu  masofani  QQ7-.1  soniya  ...,  d,a bosib o'tadi. Tinch  holatda 
o'pka  kapillari  yuzasi  60  m2,  jismoniy  ish  bajarilganda  bu  yuza  90  m2  ga  yetadi. 
Sog'lom odamlarda o'pka arteriyasida sistolik bosim 25-30 mm s.u., diastolik bosim-
15-20  mm  s.u,  o'pka  arteriyasidagi  o'rtacha  bosim  aortadagi  o!rtacha  bosimdan  5-6 
baravar kamroq (31-rasm). : .. 
      Yurak  miokardi  yurak  koronar  yoki  o'ng  va  chap  toj  arteriyalardan  qon  oladi. 
Chap  arteriyaning  shoxlari  chap  qorincha,  qorinchalararo  to'siq,  chap  va  o'ng 
bo'lmalarni  qon  bilan  ta'minlaydi.  O'ng  toj  arteriyaning  shoxchalari:  yurakning  o'ng 
tornoniga  kiradi.  Kapillyarlar  to'ri;  esa  miokardda  juda  ko'p,  ularning  miqdori 
mushaklar  tolalarining  miqdoriga  baravar.  Bundan  tashqari  miokardda  haddan 
tashqari  ko'p  tomir  tabjatigaxos  bo'lmagan  kanallar  mavjud.  Ularning  diametri 
venullalar  va  arteriolalarga  teng  bo'lib,  tuzilishlari  esa  kapillarlarga  o'xshaydi.  Ular 
orqali  tegishli  tomirlar  yurakning  bo'limlari  bilan  ulashgan. Yurak  tizimida  yana  bir 
miokardning  chuqur  qavatlarida  joylashgan  sinus  tizimi  mavjud,  ularda  yurak 
klapanlari ochiladi. 
Yurak  qondan  kislorodni  boshqa  a'zolarga  nisbatan  ko'p  oladi.  Yurak  kislorodga 
yelchimaganda  tuzuk  ishlay  olmaydi  va  og'riq  sezgilari  pay  do  bo'ladi.  Mo'tadil 
fiziologik  sharoitda  Sunday  hodisa  ro'y  bermaydi,  chunki  qonda  kislorod 
kamayganda koronar  tomirlar  reflektor  yo'li bilan  kengayadi va  yurakka qon kelishi 
oshadi.  Nafas  to'xtatib  turilganda  toj  tomirlardan  ikki  baravar  ko'p  qon  o'tishi 
mumkin. 
Bosh  miya  o'zi  xos  unikal  qon  aylanish  xususiyatiga  ega.  Uning  qon  bilan 
ta'minlanishi  boshqa  a'zolarga  nisbatan  ko'proq.  Shuni  maxsus  qayd  qilib  o'tish 
joyizki, yurakdan chiqqan va katta qon aynalish doirasida aynalayotgan qonning 15% 
bosh miya tomirlari orqali o'tadi. 
Miyada qon yumshoq miya pardasi tomirlaridan arteriyalar orqali o'tadi. Arteriya va 
venalar  o'rtasida  anostomozlar  yo'q,  kapillar  ochiq  bo'ladi.  Kulrang  moddada 
kapillarlar soni oq moddadagidan ko'proq. Miyaning qon tomirlari va asab hujayralari 
qonda  CO2  miqdori  o'zgarishiga  juda  sezgir,  shu  bois  miya  to'qimalarida  CO2 
tarangligi  ikki  baravar  oshganda  miya  qon  tomirlari  kengayib,  qon  oqishning  hajm 
tezligi ham ikki baravar ko'payadi. Agar tez va chuqur nafas olib, qonda O2 miqdori 
ko'paysa,  miya  tomirlari  torayadi,  qon  oqishi  kamayadi  va  bunda  ba'zi  kishilarning 
boshi aylanadi. 


 
47 
Markaziy  asab  tizimining  oliy  darajada  rivojlangan  asab  hujayralari  kislorodning 
yetishmasligiga  boshqa  a'zolarga  nisbatan  birinchi  navbatda  javob  qaytaradi.  Miya 
neyronlarida kislorod tanqisligi natijasida 15-20 soniya davomida biotoklar yo'qoladi 
va agar undan ham ko'proq vaqt davomida qon oqishi to'xtatilsa, o'lim sodir bo'ladi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling