E nuritdinov
Organizmda umumiy qonning taqsimlanishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Organizmda umumiy qonning taqsimlanishi
Qon tomirlarda umumiy qonning miqdori 5-6 1 ga teng, ammo qonning bu hajmi tobora faol ishlayotgan organizmni qon bilan ta'minlash ehtiyojini qoniqtirmaydb Shu sababli bu sharoitlarda organizm faoliyati uchun zarur bo'lgan qon hajmi qaytadan taqsimlanishi zaruriyati tug'iladi. Simpatik .asabning quzg'alishi natijasida qon depolaridan umumiy qon aylanish tizimiga o'tib ishlayotgan a'zolar tananing boshqa sohalaridagi qon ta'mmotining kamayishi hisobiga ko'proq qon oladi va o'z ehtiyojini qoniqtiradi. Organizmda ichki a'zolarning tomirlari bilan teri va skelet mushaklarning tomirlari o'rtasida qarama-qarshi reaksiyalar borligi aniqlangan. Aqliy ish bajarilayotgan vaqtda miyaga ko'proq qon keladi. ;iZo'r berib jismoniy mashqlar bilan shug'ullanganda esa hazm a'zolarining tomirlari torayadi, skelet mushaklariga qon kelishi esa kuchayadi. Ishlayotgan mushaklar qisqarayotganda ularda modda almashinuvi natijasida hosil bo'lgan turli moddalar (sut va ko'mir kislotalari, adenil kislota unumlari, gistamin, atsetilxolin, neyropeptidlar) shu mushaklarning tomirlarini kengaytiradi (mahalliy ta'sir). Tomirlar refleks yo'li bilan ham kengayadi, ishlayotgan mushaklar esa shuning natijasida ko'p qon olib turadi. Masalan, bir qo'l ishlayotganda faqat shu qo'ldagi tomirlar kengayibgina qolmay, ikkinchi qul tomirlari, shuningdek, oyoqlardagi tomirlar ham kengayadi. Tashqi muhit harorati ko'tarilganda teridagi arteriolalar bilan kapillarlarning kengayishi ham qonning qayta taqsimlanishi xususiyatiga kiradi. Bu jarayon teridagi termoretseptorlar ta'sirlanishi oqibatida ro'y beradi. Bu reaksiyaning fiziologik mohiyati shuki, tana yuzasining kengaygan mayda tomirlari orqali o'tayotgan qon issiqligi ko'proq bo'ladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling