E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qon depolari
Fiziologik tinch holat sharoitlarida qon tomirlarda 60-70% qon mavjud. Bu qon miqdori sirkulatsiya (aylanib yuradigan) qoni deb ataladi. Qolgan 30-40% qon miqdori maxsus qon depolarida qon zahirasi sifatida saqlanib qoladi va shu sababli uni zaxiraviy qon deb atashadi. Shunday qilib, aylanib yuruvchi-sirkulator qon miqdori qon depolaridan umumiy qon aynalishiga chiqadigan qon hisobidan oshishi mumkin bo'ladi. Qon depolariga taloq, jigar, teri ostidagi tomirlar va o'pka kiradi. Taloqda 500 ml qon bor, u sirkulatsiyaga deyarlik butunlay qatnashmasligi mumkin. Jigar tomirlarida va teri ostidagi tomirlar chigalida (odamning shunday chigalida 1 litrgacha qon bo'lishi mumkin) qon boshqa tomirlardagiga nisbatan ancha (10-20 baravar) sekin aylanadi. Shuning uchun bu a'zolarda qon ushlanib qoladi va ular go'yo qon rezervuarlari, boshqacha aytganda, qon depolari hisoblandi. Taloqdagi qonda eritrotsitlar tomirlarda aylanib yurgan qondagiga nisbatan ko'proq va gemoglobini ham 15% ortiq bo'lgani uchun taloqdagi qon umumiy sirkulatsiyaga qo'shilishi bilan kislorod ham ko'proq tashiladi. Qondagi kislorod miqdori kamayganda taloq refleks yo'li bilan qisqaradi va o'zidan qo'shimcha miqdorda qon siqib chiqaradi. Shuning uchun: 1) qon yo'qotilganda, 2) atmosfera bosimi yoki qondagi kislorodning parsial bosimi pasayganda, 3) is gazidan zaharlanishda, 4) xloroform yoki efir narkozida, 5) jismoniy ish bajarishda va shunga o'xshash holatlarda taloq qisqaradi. . Organizm tinch turganda taloq kengaygan, ko'proq qonga to'lgan, shu tufayli sirkulatsiyada qon miqdori kamaygan bo'ladi. Taloq va jigarning qonga to'lishi, binobarin, qon depolari sifatidagi funksiyasi refleks yo'li bilan boshqariladi. Simpatik asab tizimi quzg'olgarida taloqning qisqarishi yuzaga chiqadi va qon tomirlarga o'tadi. Adashgan asab quzg'olganda esa, aksincha taloq qon bilan to'yiladi. Katta yoshdagi odamlarning o'pka va jigaridagi qon tomirlarida ma'lum bir miqdor qon ushlanib qoladi. Jigarning tomir tizimida 0,6 1 gacha qon zahira bo'lib tursa, o'pkaning qon tomirlarida uning miqdori 0,5 dan 1,2 1 gacha yetadi. Jigar qon deposi sifatida katta ahamiyatga ega. Jigar venalarining yirik tarmoqlari devorida mushak to'tamlari bor, ulardan sfinkterlar (halqasimon qisqich klapanlar) paydo bo'ladi, bular qisqarganda quyiladigan joyi torayib jigardan qonning oqib 45 chiqib ketishi qiyinlashadi. Shu tariqa, jigarda qon ushlanib qoladi va bu a'zo qonga ko'proq to'lishadi. Jigardagi qon umumiy sirkulatsiyadan taloqdagi qon kabi chetda qolmaydi, biroq jigar venalaridagi sfinkterlar qisqargan bo'lsa qon yurishi susayadi. Teri ostidagi qon tomirlarida 1 1 gacha qon zaxira bo'lib turadi. Uning asosiy miqdori qorin bo'shligida joylashgan turli a'zolar venalarida saqlanib, vegetativ asab tizimi orqali boshqariladi, taloq, jigar va qon tomirlari singari o'z funksiyalarini bajarib boradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling