E nuritdinov
Kapillarlarda qon harakati
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Kapillarlarda qon harakati
Kapillarlarning hayotiy jarayonlardagi ahamiyati shuki, qon to'qimalar orasida modda almashinuvi kapillarlar devori orqali sodir bo'ladi. Kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar - kislorod, gormonlar kabilar hujayralarga o'tadi. Ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid vena kapillar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida bir-biriga qo'shilib, avval kichik, so'ng o'rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. Har bir kapillarning bo'yi 0,3-0,7 mm, diametri taxminan 8 mk. Ular odam sochidan 50 marta ingichka bo'ladi va oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, ya'ni ularni faqat mikroskop ostida ko'rish, mumkin. Odam tanasida 40 milliard kapillar bor. Agar tanadagi hamma kapillarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 100 000 km bo'lib, u bilan ekvatorni uch marta aylantirib o'rash mumkin. Kapillarlarning umumiy yuzasi 1500 m2 ga yaqin. Turli a'zolardagi kapillarlaming shakli va kattaligi bar xil. Ulardagi kapillarlarjning umumiy soni ham turlicha. Modda tez almashinadigan to'qimalarning 1mm2 ko'ndalang kesimidagi kapillarlar soni modda almashinuvi sust bo'lgan to'qirnalardagiga nisbatan bir necha baravar ko'p. Masalan, yurakning 1mm2 kesimidagi kapillarlar soni skelet mushaklaridagiga qaraganda ikki baravar ko'p. Kapillyarlarning ikki xili mavjud. Birinchi xili arteriolalar bilan venullalar orasida eng kalta yo'lni hosil qiladi va ularni magistral kapillarlar deb atashadi. Ikkinchisi magistral kapillarlarning yon shoxchalaridir; bular bir kapillarlarning arterial oxiridan boshlanib, ikkinchi kapillarning venoz oxiriga qo'yiladi. Ana shu yon shoxchalar kapillar td'rini hosil qiladi. G.I.Mchedlishvili (1968) va O.G.Baklavadjyan (1986) ma'Imuotlariga qaraganda, magistral kapillarlarda qon oqish tezligi uning yon 42 shoxchalaridagi qon oqish tezligidan katta. Kapillyarning arterial oxirida qon bosimi taxminan 25-50mm, venoz oxirida esa 8-12 mm. A.Krog va uning shogirdlari it mushakining 1mm2 ko'ndalang qismidagi kapillarlar soni 2500 ekanligini ma'lum qilishdi. Dengiz cho'chqasi mushakining 1mm2 ko'nadalang kesimiga jami 3000 kapillar to'g'ri kelishi, bu miqdor ish paytida 2500, tinch turganda esa 31-270 bo'lishi aniqlangan. Mushak tinch turganda bir guruh «navbatchi» kapillarlar ikkinchi guruhi bilan almashinib turadi. Bir guruh kapillariarriing berkilish ikkinchi guruhning esa ochilish sababi hozircha noma'lum. Ma'tumki, organizmda maxsus zaxiraviy kapillarlar yo'q barcha kapfllarlar muayyan paytda «navbatchi» bo'la oladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling