E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Tomir urishi (puls)
Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishiga tomir urishi,ya'ni puls deyiladi. Arteriya qon tomirlari devorining to'lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devoir-ning to'lqinlanishi vena pulsi deyiladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va un-dan esa arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida 40 ular devorining tebrani-shidan hosil bo'ladi.Yurak daqiqasiga necha marta qisqarsa,arteriya impulsining soni ham shun-cha bo'ladi.Tinch holatda katta odam pulsining soni bir daqiqada 70-72 marta bo'ladi. Bolalarda yurakning qisqarishi va pulsning soni kattalarnikiga nisbatan ko'proq bo'ladi. Bir yoshlik bolada puls soni bir daqiqada 110 ta, 5 yoshda-90 ta, 10 yoshda-80 ta, 16 yoshda kattalarnikiga teng- lashadi. Puls tana yuzasida joylashgan arteriya tomirlarida sanaladi.Odatda, puls bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, ya'ni kaft usti sohasidagi tomirda sanaladi.Puls to'lqinining tarqa-lish tezligi qonning oqish tezligiga bog'liq emas.Arteriyalarda qon oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/soniyadan ortmaydi, yoshlarda va o'rta yashar odamlarda qon bosimi va tomirlar elas-tikligi mu'tadil bo'lganda puls to'lqininirig tarqalish tezligi aortada 5,5-8 m/soniya, periferik ar- teriyalarda esa 6-9,5m/soniya ga teng.Yosh otishi bilan tomirlar elastikligi kamaygan sayin puls to'lqinining tarqalish tezligi (ayniqsa aortada) ortadi. Pulsni qon oqishi bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Puls to'lqinining tarqalish tezli-gi tomirlarda qonning oqish tezligiga bog'liq emas.Ma'lumki,arteriyalarning asosiy vazifasi qonning kapillarlardagi uzluksiz harakatini ta'minlash uchun doimiy bosimni hosil qilishdan ib-orat. Aorta bilan у ink arteriyalarning puls egri chizig'ida (sfigmogrammada) ikki asosiy qism: anakrota (egri chiziqning ko'tarilishi) va katakrota (egri chiziqning tushishi) ajratiladi. Anakrotik ko'tarilish qon haydalish fazasining boshlarida yurakdan otilib chiqqan qon ta'sirida arterial bosimning ko'tarilishi va shu sababli arteriyalar devorining cho'zilish oqibatidir. Katakrotiya - puls chizig'ining pastga yo'nalgan qismida esa sfigmogrammada insizura (chuqurcha) va dikrotik (ikkilamchi puls to'lqini) paydo bo'ladi. Katakrota qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari oqishi, yarim oy klapanlarni yopib orqaga qaytishiga bog'liq-aorta va undan boshlanadigan yirik tomirlarning pulsi markaziy puls deb ataladi. Puls tekshirilib, uning bir qancha xususiyatlari: davri, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmini aniqlash mumkin. Bir daqiqadagi puls davri yurakning qisqarish davrini ifodalaydi. Puls ildamligi -arteriyada bosimning anakrota puls chizig'ining yuqoriga ko'tariluv paytida ko'tarilib katokrota paytida pasayish tezligidir. Pulsning bu belgisiga qarab ildam yoki tez puls va sekin pulsni ajratishadi. Tez puls aortal klapanlar kamchililigida kuzatiladi, bu yurak porokida qorinchalardan ko'p qon otilib chiqib, bir qismi klapandagi nuqson orqali qorinchaga tez qaytib tushadi. Sekin puls esa aortal teshik torayganda uchraydi, bu porok da qon aortaga me'yoridagiga nisbatan sekinroq otilib chiqadi. Puls turtkichi vaqtida arteriya devorining tebranish miqdori puls amplitudasi deb ataladi. Puls tarangligi yoki qattiqligi arteriyani .puls yo'qolguncha bosish (qisish) uchun zarur bo'lgan kuch bilan aniqlanadi. Elektrokardiogramma va sfigmogrammani bir fotoplyonkada qayd qilib, yurak faoliyatining ba'zi buzilishlari haqida fikr yuritish mumkin. Ba'zan puls defitsiti deb atalUvchi hodisa kuzatiladi, bunda qorinchalarning har bir qo'zg'alish to'lqini tomirlar tizimiga qon otilib chiqishiga va puls turtkisi hosil bo'lishiga olib kelavermaydi. Sistolada qon juda sust haydalgani uchun qorinchalarning ba'zi sistolalari periferik arteriyalarga yetib boruvchi puls to'lqinini hosil qila olmaydi, bunda puls aritmik bo'ladi (puls aritmiyasi). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling