E nuritdinov
Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika
Qonning qon tomirlari tizimi bo'ylab harakatlanishi gemodinamika qonuniga asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog'liq. Ularning birinchisi qon tomirlar tizimining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning bar xil bo'lishi; bu kuch qonning harakatlanish tezligini ta'minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya'ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning tomirlar devoriga ishqalinishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga ko'ra, arteriya qon tomirlari tizimining yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi yuqori bo'ladi; quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta bosim bilan aortaga chiqariladi, ikkinchidan, tomirlar tizimining quyi qismida aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillarlarga) bo'finishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning pasayishiga, qon tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab bo'ladi, qonning oqish tezligini, sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon tomirlari tizimining eng tor qismi aorta bo'lib hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi bo'lsa ham, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy yig'indisi aorta kengligidan bir necha marta ko'pdir. Tanadagi barcha 150 milliart kapillar aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo'ladi va ularning umumiy kenglishi aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillarlardagiga nisbatan yuqori bo'ladi. Shunday qilib, ma'lum bo'ladiki, yuqorida ko'rsatilgan kuchlarning birinchisi- bosimlar farqi, ya'ni suyuqlik harakatiga yordam beruvchi kuch, ikkinchisi-qarshilik, ya'ni suyuqlik harakatiga tusqinlik qiladigan kuch. Gemodinamika qonuni - gidrodinamikaning quyidagi tenglamasi bilan P — P ifodalanadi: Q = ——- bu yerda Q-suyuqlik hajmi; p,-p2 suyuqlik oqadigan R i;-. nayning boshi va oxiridagi bosimlar farqi; R-oqimga qarshilik. Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, tomirlar tizimida qon haqidagi ta'limot gemodinamika deb ataladi, bu qonun gidrodinamika qonuniga asoslangan bo'lib, katta va kichik qon aylanishida uchraydigan umumiy P — P periferik qarshilikni hisoblab chiqarish uchun mumkin bo'ladi. Л = -!—2- tenglamasiga asoslanib, qon tomirlari tizimida bosim farqi va yurak qorinchalaridan tomirlar tizimiga chiqib, bo'lmalarga qaytib kelgan qon hajmini ham bilish mumkin. 38 Qon yurakdan uzluksiz ravishda chiqmay, balki otilib-otilib chiqqani uchun arteriyalardagi qon oqimi uzlukli tabiatda bo'ladi. Arteriola, kapillar va venalardagi qon oqimi uzluksiz, doimiydir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling