E nuritdinov


Yurak tonlari (tovushlari)


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Yurak tonlari (tovushlari) 
 
Yurak  miokardining  qo'zg'alishi  elektr  potensiallarini  hosil  qilsa,  unmg  qisqarishi 
yurakda  va  qon  tomirlarida  qon  bosimining  o'zgarishi  yurak  klapanlarini  harakatga 
soladi.  Buning  natijasida  yurak  ishlab  turganda  о  ziga  xos  tovushlar  eshitiladi,  bu 
tovushlar  yurak  tonlari  deb  ataladi.  Ko'krak  qafasining  yurak  sohasiga  quloq  tutilsa 
yoki  stetoskop  qo'yilsa,  yurak  tonlarini  eshitish  mumkin.  Bunda  ikki  ton  eshitiladi: 
birinchi ton-qorinchalar sistolasi vaqtida eshitilganligidan sistolik ton deb ataladi. Bu 
ton  cho'ziqroq  va  past  bo'ladi.  Birinchi  ton  tabaqali  klapanlar  va  qorinchadagi 
mushaklarning qisqarishidan kelib chiqadi. Ikkinchi ton-qorinchalar diastolasiga mos 
keladi, shu bois diastolik ton deb ataladi Bu ion kalta va baland ton bo'lib, yarimoy 
klapanlarining  yopihshidan  kelib  chiqadi.  Sistoladan  keyin  qorinchalardagi  qon 
bosimi juda ham pasayib ketadi. Aorta bilan o'pka arteriyasidagi bosim bir vaqtda bir 
muncha  ortiq  bo'ladi,  qon•  tomirlardan  bosim  kamroq  tomonga  ya'ni  qormchalarga 
qaytib kiradi va shu qonning bosimi bilan yarim oy klapanlar yopiladi.Yurak tonlarini 
fonokardiograf  degan  maxsus  asbob  bilan  magnit  tasmasiga  yozib  olish  mumkin. 
Fonokardiografiya  -  yurak  tonlarini  yo/ib  olish  usuli  bo'lib,  yurak  tonlarini  yozib 
olishga va uni EKG ga va yurak faoliyatini ta'riflab beradigan boshqa ma'lumotlarga 
taqqoslab ko'rishga imkon beradi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling