E nuritdinov
Qon tomirlarining tasnifi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qon tomirlarining tasnifi
Umuman katta va kichik qon aylanishida ishtirok etuvchi qon tomirlari quyidagi tiplardan iborat: amortizatsiyalovchi (elastik tipdagi qon tomirlar), rezistiv (qarshilik ko'rsatuvchi qon tomirlar), sfinkter (jumrak) qon tomirlar, almashinuv qon tomirlari; hajmli qon tomirlar, shuntlovchi (ulovchi) qon tomirlar (6-jadval). Elastik tipdagi qon tomirlarga aorta, o'pka arteriyasi va ularga yaqin joylashgan katta tomirlar qismlari kiradi. Ularning o'rta qavatlarida elastik (qayishqoq) elementlar ko'proq uchrab, ular tufayli sistola fazasida qon bosimining keskin ko'tarilib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Rezistiv tipdagi qon tomirlariga arteriyalarning oxirgi qismi va arteriolalar kiradi. Ularning devorlarida silliq mushak qavati yaxshi rivojlangan, shu sababli qon oqimiga ko'proq qarshilik ko'rsatadi. Silliq mushaklar qisqarish va bo'shashishi tufayli tomirlar ko'ndalang kesimi o'zgarib, qon bosimini o'zgartiradi. Bu jarayon turli a'zolarda qon aylanishining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Sfinkter tipdagi qon tomirlariga - kapillarlardan oldinroq joylashgan arteriolalarning oxirgi qismlari kiradi. Ular, rezistiv qon tomirlari singari o'zining ichki diametrini o'zgartira oladi. Almashinuv qon tomirlariga qon kapillarlari kiradi, ya'ni modda almashinuvida ishtirok*etadigan kapillar tomirlar kiradi. Diffuziya va filtrlanish jarayonlari kapillarning bir qavatli epitemiya va yulduzsimon hujayralari orqali amalga oshiriladi. Ular qisqarish qobiliyatiga ega emas, ammo ularning diametri pre-va postkapillar bosim o'zgarishi bilan sfinkter tomirlarning holatiga qarab o'zgaradi. Hajmli qon tomirlarga venalar tizimi kiradi. Ular juda cho'ziluvchan bo'lganidek ko'p miqdordagi qonni o'ziga sig'dirib, saqlab turishi va qon aylanishiga qayta chiqarishi mumkin. Ba'zi venalar qon zaxirasi sifatida ancha ko'p hajmiga ega. В ularga jigar venalari, qorin bo'shlig'i, yirik teri venalari kiradi. Bu venalardagi mavjud qon miqdori 1 litr chamasida ko'payib-kamayib turishi mumkin. Shuntlovchi (o'lovchi) qon tomirlar arteriovenoz anastomozlardan iborat bo'lib, tanahing ba'zi qismlarida joylashgan (quloqning terisi, burun va hokazo). Bu tomirlar ochiq vaqtida kapillarlar orqali qon oqishi kamayadi, ba'zan butulay to'xtab qolishi ham mumkin. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling