E nuritdinov
Qon tomirlar tizimining turli bo'limlarida bosimning o'zgarishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qon tomirlar tizimining turli bo'limlarida bosimning o'zgarishi Odam qon bosimi (mm simob ustuni hisobida) qon tomirlari tizimining turli bo'limlarida turlicha bo'lib, arterial tizimida qon bosimi venoz tizimiga nisbatan balandroq. Bu tafovutni 6-jadvalda kuzatish mumkin. Qon bosimi - qon tomirlari devorlariga ta'sir etuvchi qon bosimi paskal bilan ifodalandi (1 Pa=l H/m2) Qon bosimi orqali organizmda qon harakatlanib, a'zolar va to'qimalar faoliyati uchun foydalanadi, kapillarlarda to'qimalararo suyuqliklar hosil qilinadi hamda organizmda sekretsiya va eksekretsiya amalga oshiriladi. 39 Qon bosimi darajasi quyidagi asosiy uch omilga bog'liq: yurak qisqarishining tezligi va kuchi, umumiy periferik qarshilik, ya'ni tomirlar devorlarining tonusi; aylanishda bo'lgan umumiy qon hajmi. Odatda qon bosimi arterial, venoz, kapillarlar qon tomirlarida o'lchalanadi- Sistolik (maksimal) bosimi chap qorinchadagi miokard holatini aks etadi, 13,3-16,0 kPa (100-120 mm simob ustuni) ga teng. • Diastolik (minimal) bosimi arteriya devorining tonusi darajasini ifodalaydi, 7,8-10,7 kPa (60-80 mm simob ustuni)ga teng. Puls bosimi - sistola va diastola bosimlarining farqini ko'rsatib, qprinchalar. sistolasi fazasida aortal va pulmonar klapanlarining ochilishi uchun xizmat qiladi. Me'yorda bu bosim 4,7-7,3 kPa (35-55 mm simob ustuni) ga teng. Sistolik bosirn diastolik bosim bilan teng bo'lgan hollarda qon harakatsiz qoladi va o'lim.sodir bo'ladi. O'rta dinamik bosim diastolik bosimining yig'indisiga va puls bosimining 1/3- ga teng bo'lib, qonning muntazam harakati energiyasini ifodalaydi va maxsus shu qon tomiri yoki shu organizm uchun xos ekanligini ko'rsatadi. Qon bosimi darajasiga quyidagi omillar ta'sir etadi: odam yoshi, kecha kunduz, organizmning umumiy fiziologik holati, markaziy asab tizimining funksional holati va hokazo. Yangi tug'ilgan bolalarda maksimal arterial qon bosimi 5,3 kPa (40 mm simob ustuni)ga teng, bir oylik yoshdagi bolalarda - 10,7 kPa (80 mm simob usluni), 10-14 yoshda - 13,3 - 14,7 kPa (100-110 mm simob ustuni)ga, 20-40 yoshda - 14,7- 17,3 kPa (110-130 mm simob ustuni)ga teng. Keksalik chog'ida maksimal bosim minimal bosimga nisbatan ko'proq oshadi. Kecha kunduz davomida arterial bosim o'zgaradi: uning dinamikasi kunduzi kechasiga qaraganda balandroq bo'ladi.Arterial qon bosimi og'ir jismoniy tarbiya mashqlari natijasida keskin oshib ketadi - 150-200 mm ga yetadi. Lekin yurakning ish faoliyati 3-5 daqiqa odam dam olgandan keyin yana o'z me'yoriga qaytadi. Odam arterial qon boismining me'yorga nisbatan ortishi - gipertoniya (gipertenziya), pasayishi gipotoniya (gipotenziya) deyiladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek odamning qon bosimi arteriyalar, venalar va kapillarlarda o'lchalanadi. Yelka arteriyasidagi sistolik (maksimal) bosim 110-120 mm, diastolik (minimal) bosim esa 60-80 mm simob ustuniga teng. Buni Riva-rochi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari yordamida N.S.Korotkov usulida yelka arteriyasida o'lchanadi. Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo'rqsa maksimal arterial bosim 200-250 mm gacha ko'tariladi, minimal arterial bosim esa keskin pasayadi. Yurakning ish faoliyati kuchsizlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy mashqlarni bajarganda, arterial bosimining o'zgarishi 5-10 daqiqada o'z me'yoriga qaytmaydi va yuragi tez urishi, nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling