E nuritdinov
Yurakda qo'zg'alishning kеlib chiqishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Yurakda qo'zg'alishning kеlib chiqishi
33 Yurakning mushak tolalari tuzilishi va vazifasiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1. bo'lmalar va qorinchalarning ishchi tolalari, ular yurak mushakning asosiy massasini tashkil qilib, yurakning qon haydash faoliyatini amalga oshiradi; 2. qo'zg'alish jarayonini o'tkazishda ritm yetakchisi vazifasini va o'tkazish tizimini tashkil qiluvchi atipik tolalar. Bu tolalar qo'zg'alishni ro'yobga chiqaradi va uni miokardning ishchi tplalariga yetkazadi. Yurak mushagi (miokard) qo'zg'aluvchanlik, o'tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik, avtomatiya xossalariga ega. Miokardning skelet mushaklaridan farqi shuki, u funksioanl birlik (sinsitiyadan) iborat. Qo'zg'alish miokardning qaysi bir nuqtasida vujudga kelmasin, butun miokardga tarqalib, tolalarni hammasini qo'zg'atadi. Buning sababi shundaki, miokardning ishchi tolalari oraliq disklar-neksuslar yordamida o'zaro bog'langan.tutam boshlanadi, bu tutam, atrioventrikulyar to'siqdan o'tib, o'ng qorincha bilan chap qorincha o'rtasidagi to'siq orqali qorinchalarga tushadi. Bu tugun Giss tuguni (5) deb ataladi. Giss tuguni atrioventrikulyar to'siq orqali o'tar ekan, ikki tarmoqqa bo'linadi, bin o'ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga boradi. Shuning uchun ham bu tarmoqlar Giss tugunining o'ng va chap tarmoqlari yoki oyoqlari deb ataladi (6). Yurak ritmini boshqaruvchi tugun sinoatrial tugunidir (3). U yurak qisqarishini vujudga keltiruvchi va yurak ritmining birlamchi (bosh) peysmekeri hisoblanadi, ya'ni qo'zg'alish birinchi marta sinoatrial tugunda paydo bo'iadi. Undan qo'zg'alish jarayoni o'ng va chap bo'lmalarning mushak tolalariga o'tadi. Qo'zg'alish bo'lmalar mushaklari bo'ylab tarqalib, yurakning o'tkazuvchi tizimidan bir qismi bo'lgan atrioventrikular tuguniga boradi. Yurakning o'tkazuvchi tizimi qo'zg'alishni bo'lmalardan qorinchalar miokardiga o'tkazish vazifasini o'taydi. Qo'zg'alish Keyt-flek tugunidan tarqalib, Ashoff-Tovar yoki atrioventrikular tugunga o'tadi va so'ngra Giss tutamining o'ng va chap oyoqchalari orqali yurakning o'ng va chap qorinchalariga o'tadi. Atrioventrikular tugun yurak ritmining ikkiiamchi peysmekeri hisoblanJi O'tkazuvchi tizimning oxirgi tarmoqlari Purkine tolalarining to'ridan iborat. Bu tolalar endokard ostida joylashgan bo'iadi. Purkine tolalari miokardning mushak tolalari bilan anastomoza (birikish) hosil qiladi. Qo'zg'alish o'tkazuvchi tizimning tarmoqlari bo'ylab yurak mushagming hammasiga yetib boradi va uning qisqarishiga sabab bo'iadi. Shunday qilib, yurakni qisqartiruvchi impuls sinoatrial tugunda paydo bo'lib, o'ng va chap bo'lmalarning qisqaruvchi miokardi bo'ylab tarqalad* va atrioventrikular tugunga beriladi. Impulslar bu tugundan Giss tutami bo'ylab o'ng va chap qorinchalarga o'tadi, ularning sistolasiga sabab bo'iadi. Impulslarning retrograd (teskarisiga) o'tkazilishi mumkin emas. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling