E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

 
 
 
QON    AYLANBH    FIZIOLOGIYASI 
                                        
                                          Qon aylanishning flziologik ahamiyati 
            
             Qon  aylanish  tizimiga  yurak,arteriya,vena,kapilliyarlar  va  limfa  tizimi 
kiradi.Yurak  va  tomirlar  faoliyati  tufayli  odam  organizmida  qon  to'xtovsiz 
harakatlanib turadi va turli-tuman ta-shilish funksiyalarini bajaradi. 
Yurak  qon  tomirlar  tizimining  markaziy  a'zosi  bo'lib,asab  va  gormonlar 
boshqaruvining  ta'sirida  doimo  bir  maromda  qisqarib  va  kengayib  turadi.Buning 
natijasida  organizmdagi  qon  suyuqligi  har  xil  kattalikdagi  qon  tomirlari  yordamida 
hujayralarga va to'qimalarga oziq modda-iami olib boradi va turli qon tomirlar orqali 
yurakka qaytib keladi.Shuning uchun barcha qon tomirlar ikki turga bo'linadi: 
1)markaziy  a'zo  bo'lmish  yurakdan  chiqib,  butun  tanaga  tarqaladigan  hamma  qon 
tomirlari-ga  (ichidagi  oqayotgan  qonning  qandayligidan  qat'iy  nazar)  arteriya  qon 
tomirlari deyiladi; 
2) hujayralardan,to'qimalardan markaziy a'zo hisoblangan yurakka qon olib keladigan 
tomirlarni esa vena qon tomirlari deb yuritiladi. 
Yurakdan  chiqadigan  arteriya  qon  tomirlari  (aorta,  o'pka  arteriyalari)  markazdan 
uzoqlashgan  sari  tolalar,  tarmoqchalar  chiqarib,  asta-sekin  kichiklasha  boradi. 


 
31 
Nihoyat,  a'zolar  devorida  mikroskop  ostida  ko'rinadigan  juda  ham  ingichka  arteriya 
tolalari - arteriolalar kapillar soch tolasiga o'xshagan qil tpmirlardir, ularning uzunligi 
o'rta hisobda"0;5 mm, kengligi 3-3,5 mk, ya'ni odam tukining diametridan 50 marta 
kichik  va  devori  juda  yupqa  bo'ladi.  Shu  sababli  ularda  qon  sekin  oqadi,  natijada 
hujayralar,  to'qimalar  va  oraliq  moddalarning  yashashi  va  ishlashiga  zarur  kislorod 
hamda  boshqa  moddalarning  qondan  to'qimalarga  diffuziya  yo'H  bilan  o'tishiga 
imkoniyat  yaratiladi.  To'qimalarga  esa  karbonat  angidridni  va  modda  almashinuvi 
natijasida vujudga kelgan boshqa moddalarni kapillarlarga beradi. 
Shunday  qilib,  arterial  qon  kapillarlar  orqali  venoz  qonga  aylanadi.  Venoz  kapillar 
tomirlar esa asta-sekin yiriklashib, oxirida ikkita (yuqorigi va pastki) kavak vena qon 
tomirni  tashkil  qiladi  va  yurakning  o'ng  bo'lmachasiga  qo'yiladi.  Qon  o'ng 
bo'lmachadan o'ng qorinchaga, undan o'pka arteriyalari orqali o'pkaga boradi. O'pka 
arteriyasining  .tarmoqlari  pirovardida  kapillarlarga  aylanadi  va  nafas  alveolafari 
(pufakchalar)ni  o'rab  oladi.  Kapillyarlar  esa  nafas  jarayonida  karbonat  angridni 
chiqaradi  va  kislorodga  boyiydi.  Kislorodga  boy  bo'lgan  qon  o'pka  venalari  orqali 
yurakning  chap  bo'lmachasiga  quyiladi.  Undan  chap  qorinchaga  o'tib,  aorta  orqali 
butun  organizm  bo'ylab  tarqaladi.  Qon  organizmga  harakatlanar  ekan,  qon 
aylanishining  katta  va  kichik  doirasi  kabi  murakkab  yo'lni  bosib  o'tadi.  Katta  qon 
doirasi  yurakning  chap  qorinchasidan  boshlanib,  aorta,  undan  chiqqan  arteriyalarni, 
ularning  barcha  tarmoqlarini,  butun  gavdadagi  arteriolalar,  kapillarlar,  venalarni  o'z 
ichiga oladi va yurakning o'ng bo'lmasida tugaydi. Qon aylanishining kichik (o'pka) 
doirasi  yurakning  o'ng  qorinchasidan  boshlanib,  o'pka  arteriyasi  va  uning  barcha 
tarmoqlarini,  o'pka  arteriolalari,  kapillarlar,  venalarni  o'z  ichiga  oladi  va  yurakning 
chap bo'lmasiga quyiladigan o'pka venalari bilan tugaydi. 
Katta va kichik qon aylanish doiralaridan tashqari, uchunchi, ya'ni yurak qon aylanish 
doirasi  ham  bor,  bu  doira  arteriya  va  vena  qon  tomirlaridan  tuzilgan.  Yurak 
devorining venalari to'g'ridan-to'g'ri yurakning o'ng bo'lmasiga quyiiadi. 
Shunday  qilib,  yurak-qon  tomir  tizimi  eng  muhim  hayotiy  vazifani  bajaradi.  Agar 
yurak qisqa vaqt to'xtab qolsa, odamning hayoti ham to'xtaydi. 
Yurak-qon  tomir  tizimi  bir  necha  qismlardan  iborat.  Bu  tizimning  faoliyatini 
mukammal  o'rganish  uchun  uning  har  bir  qismining  tuzilishi  va  vazifasi  bilan 
tanishish maqsadga muvofiqdir. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling