E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Yurak fiziologiyasi
Odam yuragining o'rtacha og'irligi erkaklarda 300 g, ayollarda esa bir oz kamroq - 200-250 g bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq yuragi yumaloq shaklda bo'lib, brrmuncha yuqori joylashgan, og'irligi 23-27 g, sakkiz oyli bolalarda yurakning og'irligi ikki barovar, 2-3 yashar bolalarda uch barovar va 16 yoshda o'n bir marta ortadi. O'rta yoshdagi odamlarda yurakning uzunligi 13-14,5 sm eng serbar qismi (ko'ndalangiga) 9-10,5 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uzunligi 6-7 sm ga teng. Yurak og'irligi butun tana og'irligiga 1:200 yoki 1:75 nisbatda bo'ladi. Yurak qon aylanish tizimining markaziy qismi bo'lib, mushaklardan tashkil topgan g'ovak a'zodir. Har bir odam yuragining hajmi mushtiga yaqin bo'ladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi kishilarda yurakning mushaklari yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqalar yuragining hajmiga nisbatan kattaroq bo'ladi (16- rasm). 32 Yurak devori uch qavatdan: ichki-endokard, o'rta-mushak, ya'ni miokard va tashqi epikarddan iborat. Tashqi pardasi-perikard ikki qavat bo'lib, ichki qavati yurak mushagiga yopishib turadi, tashqi qavati esa xalta sifatida yurakni o'rab turadi. Ikkala qavat o'rtasidagi bo'shliq va suyuqlik bo'lib, yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga qulaylik tug'diradi (17-rasm). Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga o'tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va qorinchalari devoridagi mushaklarning ritmik ravishda qisqarishi (sistolasi) va kengayishi (diastolasi) orqali amalga oshadi. Yurakning bo'lmacha va qorinchalarinmg bir marta qisqarib-bo'shashishi yurakning bir ish sikli (davri) deyiladi. Ularning har bir ish sikliga 0,8 soniya sarflanadi. Jumladan, bo'lmachalarning qisqarishiga * 0,1 soniya, kengayishiga 0,7 soniya, qorinchalarning qisqarishiga 0,3 soniya, kengayishiga 0,5 soniya sarflanadi. Qorinchalar diastolasimng oxirida, uning tamom bo'lishiga 0,1 soniya qolganda (kompensator pauza) bo'lmalarning yangi sistolasi ro'y beradi va yurakning ish sikli yangidan boshlanadi. Bo'lmalar va qorinchalar qisqarishining o'zaro bog'liqligi va izchilHgi qo'zg'alish yurakning qayerida paydo bo'lishiga va qanday tarqalishiga bog liq. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling