E nuritdinov
Qonning aylanib chiqish vaqti
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qonning aylanib chiqish vaqti
Katta va kichik qon aylanish doiralaridan qonning bir marta o'tib olishi uchun zarur 43 bo'lgan vaqt qonning aylanib chiqish vaqti deb ataladi. Odamda qonning aylanib chiqish vaqti yurakning o'rta hisobda taxminan 27 sistolasini tashkil qiladi. Yurak bir daqiqada 70-80 marta qisqarganda qon butun tanadan 20-23 soniyada aylanib chiqadi. Qon aylanib chiqish vaqtining 1/5 qismi qon aylanishining kichik dorirasiga va 4/3 qismi katta doirasiga to'g'ri keladi. Odam yurak - qon tomirlarning og'ir kasalliklari vaqtida qonning aylanib chiqish vaqti 1 daqiqagacha oshishi mumkin. Vena pulsi. Mayda va o'rtacha venalarda qon bosimmmg puls tebranishi yo'q. Yurak yaqinidagi yirik venalarda esa arterial pulsga qaraganda boshqa sabab bilan kelib chiquvchi puls tebranishlari - vena pulsi qayd qilinadi. Bo'lmalar va qorinchalar sistolasi vaqtida yurakka qon kelishining qiyinlashuvi vena pulsiga sabab bo'ladi. Yurakning shu bo'limlari qisqarganda venalardagi bosim ko'tariladi va devorlari tebranadi. Vena pulsining egri chizig'i-flebogrammada uchta tish farq qilinadi: A, S va V. A- tishi o'ng bo'lma sistolasiga to'g'ri keladi. lining kelib chiqish sababi shuki, bo'lma sistolasi vaqtida kavak venalarning bo'lmaga qo'yiladigan joyidagi teshik mushak tolalari halqasi bilan qisiladi, shu tufayli venalardan bo'lmaga qon o'tishi vaqtincha to'xtaydi, bo'lmalarning har bir sistolasida yirik venalarda qon picha yurishmay turadi, natijada devorlari cho'ziladi. Bo'lmalar diastolasi vaqtida ularga qon bemalol o'tadi va shu payt vena pulsining egri chizig'i birdaniga pasayadi. Tezda, vena pulsining egri chizig'ida kichikina S tishi paydo bo'ladi. U uyqu arteriyasining turtkisidan kelib chiqadi. S tishidan so'ng egri chiziq pasaya boshlaydi va u yangidan ko'tariladi - V tishi paydo bo'ladi. V tishining kelib chiqishiga sabab shuki, qorinchalar sistolasining qxirida bo'lmalar qonga to'lganiigi va ularga у ana qon kira olmagani uchun venalarda qon damlanib qolib, ularning devorini cho'zadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling