E nuritdinov
Eshituv sezgilarining paydo bo'lishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Eshituv sezgilarining paydo bo'lishi
Eshituv sezgilari havo to'lqinlarining nog'ora pardasiga urilishi natijasida kelib chiqadi. Havoning tehranishi tashqi eshituv yo'llari orqali nog'ora pardasiga borib, uni tebrantiradi. Nog'ora pardasining tebranishi eshituv suyakchalarida takrorlanadi va uzangining serbar tomoni orqali ichki quloqning oval darchasidagi pardaga o'tadi. Perilimfa esa tebranib endolimfaning tebranishiga sabab bo'ladi. Endolimfa tebranar ekan, Kortiy ii'/osidagi tuklarni tebrantiradi va shu bilan eshituv asabining oxirlarini •. o'/g'aydi. Eshituv asabining relseptorlarida kelib chiqqan qo'zg'alish bosh niva po'stlog'iga eshituv analizatorining miyadagi mintaqasiga (ul, u2So'nggi yillarda bar xil tezlikdagi tovushlarni sezish haqida yangi ma'lumotlar olinadi. Masalan, past tezlikdagi tovush tebranishlari chi anoq kanallarining jami perilimfasini tebrantiradi. Bu tebranishlar z navbatida asosiy membrananing tebranma hakatlariga sabab bo'ladi. Asosiy membrana bilan birgalikda sezuvchi hujayralarning barcha tolachalari ham tebranadi. Ular tebranganda ro'y beruvchi o'zgarishlar qo'zg'alishni vujudga keltiradi, bu qo'zg'alish eshituv asabi orqali bosh miyaning tegishli markazlariga boradi. Past tovush tebranishlari perilimfaning hammasini emas, faqat bir qismini tebranma harakatga keltiradi. Natijada asosiy membrananing tebranishlari ham kichkina joy bilan cheklanib, tolalachalarning faqat bir qismida qo'zg'alish vujudga keladi. Asosiy membrananing tebranadigan qismlarining kattaligiga va qayerda ekanligiga qarab, har xil tezlikdagi tovushlar seziladi. Odam qulog'ining tovushni sezadigan muayyan chegaralari bor. Boshqacha aytganda, havo bir soniyaga 16 martadan 20000 martagacha tebranganda odam qulog'i buni sezadi. Eshituvning yuqori chegarasi yosh ulg'aygan sayin o'zgaradi. Odam qancha keksa bo'lsa, qulog'i shuncha kam tebranishni sezadi. Odam 35 yoshda havoning ko'p deganda 15000 marta tebranishini, 50 yoshida esa hatto 13000 marta tebranishini seza oladi. Hayvonlarda eshituv chegaralari odamdagidan xiyla katta bo'ladi. Masalan, it bir soniyada 35000 tebranishni eshitadi, odam esa buncha tebranishni mutloqo 130 eshitmaydi. Shu xususiyat borligidan odam tamomila tinch deb hisoblaydigan joylarda ham it tovushni eshitadi. It shu xususiyati borligidan soqchilik xizmati uchun juda qimmatli hayvon hisolanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling