E nuritdinov


Vestibular apparat ikki qismdan: dahliz va yarim doira kanallardan iborat


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Vestibular apparat ikki qismdan: dahliz va yarim doira kanallardan iborat. 
 
Dahliz  endolimfa  bilan  to'la.  Bu  suyuqlikda  otolitlar  yoki  statolitlar  deb  ataladigan 
maxsus  tuzilmalar  bor,  ular  kalsiy  fosfat  tuzlaridan  iborat.  Gavda  vaziyati 
o'zgarganda,  jumladan  boshning  vaziyati  o'zgarganda  dahliz  retseptorlardagi 
statolitlarning vaziyati o'zgaradi. Bu retseptorlar eshituv asabining vestibular tolalari 
bilan bog'langan. 
Statolitlarning  bosim  darajasi  o'zgarganda  retseptorlar  ta'sirlanib,  qo'zg'alish  bilan 
javob  beradi.  Dahliz  retseptorlarning  qo'zg'alishi  natijasida  ayrim  mushak 
guruhlarining  tonusi  refleks  yo'li  bilan  o'zgaradi.Yarim  halqa  kanallar  uchta  bo'lib, 
o'zaro  pcrpendikular  uch  tekislikda  turadi  (181-rasm).  Har  bir  kanalning  uchi 
kengayib,  yo'g'on  tortadi,  ampula  deb  shuni  aytiladi.  Ampulada  maxsus  tuzilmalar 
bor.  Eshituv  asabining  vestibular  tolalari  shu  yerda  tugaydi.  Endolimfa  aylanma 
harakat  qilganda  o'zining  inertligi  va  yopishqoqligi  tufayli  yarim  halqa  kanallarning 
devorchalaridan bir muncha uzoqlashadi, shuning natijasida retseptorlarning bosilishi 
o'zgaradi.  Endolimfa  bosimining  o'zgarishi  darajasi  vestibular  asabning  retseptoriga 
ta'sir  etadi.  Vestibular  apparatdagi  retseptorlar  qo'zg'alganda  bir  qancha  reflektor 
reaksiyalar  kelib  chiqadi.  Tana,  qo'l-oyoq,  bo'yin  va  ko'z  mushaklarining  tonusi 


 
131 
refleks  yo'li  bilan  o'zgaradi,  ularning  qisqarishi  tufayli  bosh  muayyan  vaziyatda 
tutiladi va butun tana vaziyati o'zgaradi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling