E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
kamqonlik
(anemlya) kasalligi deyiladi. , , -. Eritrositlarlarning hosil bo'lishi va soni me'yor miqdorda bo'lishi kishining sog'ligiga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqiar bilan shug'ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabu I qilishiga bog'liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, В guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishi zarur. Suyak ko'migidan hosil bo'lib, qonga o'tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida yashaydi. So'ngra ular jigarda va taloqda parchalanib temir moddasi suyak ko'migida yosh eritrotsitlar hosil bo'lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrotsitlarning gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib, ut suyuqligi (pegmenti) hosil bo'lishi uchun sarflanadi. Eritrositlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta'minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o'pka alveollaridan kislorodni o'ziga biriktirib oksigemoglobin (HbO 2 ) hosil qiladi va hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidridni (bikarbonatlarni) hosil qiladi va yana o'ziga biriktirib o'pkalarga olib boradi. Shunday qilib, qonda eritrotsitlar juda ko'p bo'ladi. Hamma eritrotsitlarning umumiy sathi 3500m 2 dir. Eritrositlarni qondan ajratib olib, zanjirga o'xshatib chizilsa, ular kurrai zaminni ekvatori bo'ylab uch marta aylantirib olishga yetgan bo'lur edi. Bu 18 misol odamdagi eritrotsitlar miqdori haqida bir qadar tasavvur beradi. Eritrositlar taxlab chiqilsa, 6200 km balandlikdagi ustun vujudga keladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling