E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

resipiyent 
(qon 
oluvchi 
odam)ning 
qon 
plazmasida 
agglutinatsiyalanganda  qon  qo'yishning  og'ir  oqibatlari  ko'rinadi.  Qo'yilgan  qon 
eritrotsitlarida 
agglutinatsiyalanuvchi 
modda-agglutinogen, 
resipiyent 
plazmasida  esa  shunga  mos  keladigan  agglutinatsiyalovchi  modda-agglutinin 
bo'lganda  shunday  hodisa  ro'y  beradi.  Eritrotsitlarning  agglutinatsiyalanishi  va 
so'ngra  gemolizlanishi  oqibatida  organizmni  o'limga  olib  keluvchi  og'ir  holat  - 
gemotransfuzion shok paydo bo'ladi. 
Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir  sog'lom 
kishi donor bo'la oladi. 
Hozirgi  vaqtda  minglab  donorlar  ko'plab  bemorlarni  davolashga,  ulafning 
hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar. 
Aksari  odamlarning  eritrotsitlarida  (85%)  yana  bir  omil  bor,  uni  birinchi 
marta  Landshteyner  va  Viner  1940  yilda  makkak  (Maccacus  rhesus)  degan 
maymun  qonidan  topgan  va  shuning  uchun  ham  uni  rezus-omil  (ph-omil)  deb 
atalgan. Shu omil bo'lgan odam qoni (rezus musbat qon) mazkur  omil bo'lmagan 
(rezus  manfiy  omil)  odamga  quyilsa,  rezus  manfiy  odam  qonida  maxsus  va 
o'ziga xos agglutininlar va gemolizinlar hosil bo'ladi. 
Sunday odamga rezus-musbat qon qaytadan quyilsa agglutinatsiya va og'ir oqibatlar 
(gemotransfuzion shok) paydo bo'lishi mumkin. 
Rezus-manfiy  onada  rezus-musbat  homila  rivojlanishi  alohida  ahamiyatga 
ega.  Bu  holda  homilaning  rezus-omili  plasenta  orqali  ona  qoniga  o'tadi. 
Natijada,  ona  qonida  maxsus  antirezus  moddalar  hosil  bo'ladi,  bu  moddalar 
plasenta  orqali  qaytadan  homila  qoniga  o'tadi-da,  uning  eritrotsitlarini 
agglutinatsiyalab  va  gemolizlab,  og'ir  oqibatlarga  sabab  bo'ladi.  Ba'zan  homilaning 
o'lik tug'ilishi shu bilan tushuntiriladi. 
Oxirgi  yillarda  yangi  agglutinogenlar  kashf  etilgani  rnunosabati  bilan.  qon 
guruhlari  haqidagi  ta'limot  ancha  murakkablashdi.  Masalan,  A  guruhi  bir  qancha 
guruhlardan iborat ekan (A,, A
2
, A
3
, A
4
 va hokazo). A

agglutinogeni A, dan farq 
qilib,  agglutinin  a  bo'lgan  sust  faol  zardoblar  bilan  agglutinatsiyalanmaydi. 


 
25 
Shuning uchun bunday kishilarni qoni I guruhga yanglish kiritilishi natijasida qon 
quyish og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Rh-omilning  uch  varianti  bor:  Rh°,  Rh
1
, Rh
n
,  Rh-omil  boMmagan  eritrotsitlarda 
HCh  (rezus-omilga  teskari)  omillar  topilgan,  ularning  ham  uch  varianti  bor;  HCh°, 
HCh
1
,  HCh
n
.  Bundan  tashqari,  M,  N,  S,  P,  D,  C,  K,  Ln,  Le,  Fy,  Yk  va  boshqa 
agglutinogenlar topilgan. Bu omillarnmg kombinatsiyalari ko'p birikmalar beradi 
va  shunday  qilib,  hozir  bir  necha  yuz  ming  qon  guruhi  ajratiladi.  Biroq,  qon 
quyish  uchun  qonning  faqat  asosiy  to'rt  guruhini,  Rh  va  HCh  omillarni  aniqlash 
kattaroq ahamiyatga ega. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling