E-qaror gov uz 17-8-108-Q/23


Download 211.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.02.2023
Hajmi211.73 Kb.
#1217213
Bog'liq
qaror fayli



e-qaror.gov.uz
17-8-108-Q/23
1
2023 - yil 16 - yanvar
17-8-108-Q/23
Oltinsoy tuman hokimligi
Tumandagi “Shakarqamish” mahallasi hududidan tadbirkorlik va
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda sanoat, hunarmandchilik,
kasanachilik va chorvachilik mikromarkazini tashkil etish uchun auksion
savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Mahallalarda
sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil
etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2022-
yil 14-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini
xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish
chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli
qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida,
Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasining, tuman Favqulodda
vaziyatlar boʻlimining, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi
nazorat boʻyicha Oltinsoy
tuman inspeksiyasining va tuman IIB YHXGning
xulosalarini, “O‘zGAShKLITI” MChJning topografik xaritasini hamda Kadastr
agentligining davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Oltinsoy
tuman filialining kadastr yigʻma jildini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi
“Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik
mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-sonli va
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli


e-qaror.gov.uz
17-8-108-Q/23
2
qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish
uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-
auksion orqali realizatsiya qilish to‘g‘risidagi Nizom”ning 21-bandi ijrosini
ta’minlash maqsadida, Oltinsoy tumani “Shakarqamish” mahallasi hududidan
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga P1722201030/1-unikal
raqam bilan kiritilgan 0.4007 gektar bo‘sh yer uchastkalari tuman hokimligi nomiga
ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin.
2. Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari M.Abdullayev, Davlat kadastrlar
palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Oltinsoy tumani filiali (G‘ Ibragimov)
bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq Oltinsoy tumani hokimligining yer
uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Oltinsoy tumani Davlat soliq inspeksiyasi (R.Boymirzayev)ga ushbu yer
uchastkalarini ma’muriy hududiy joylashuvidan va balans hududidan kelib chiqqan
holda ijara huquqining minimal qiymatini belgilasin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari
M.Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
A.T.Djumayev

Download 211.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling