E-qaror gov uz 96-7-93-F/23


Download 216.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi216.05 Kb.
#1410173
Bog'liq
96-7-93-F 23



e-qaror.gov.uz
96-7-93-F/23
1
2023 - yil 20 - aprel
96-7-93-F/23
Bulungʼur tuman hokimligi
O‘zbekiston Respublikasining “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonuni va Yer
Kodeksining 6-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi
“Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoring tizimini
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 737-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “OʻZDAVYERLOYIHA” instituti Samarqand
boʻlinmasining 2023-yil 24-martdagi 41-01/02-265-sonli xatini inobatga olib,
1. Tumandagi tabiiy yaylovlar o‘simliklarining miqdori va sifatiga doir
ma’lumotlarni, ularning holatini baholash va salbiy jarayonlarni aniqlash bo‘yicha
o‘tkaziladigan tabiiy yaylovlar o‘simliklari monitoringini yuritish hamda bajarilgan
ishlar natijasiga ko‘ra tegishli taklif va tavsiyalar tayyorlashga ko‘maklashuvchi
tuman ishchi guruhi tarkibi (keyingi o‘rinlarda-Ishchi guruhi) ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
2. Ishchi guruhi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarni ko‘rsatilgan muddatlarda
bajarilishiga amaliy yordam ko‘rsatsin.
3. Tuman hokimining o‘rinbosari (A.Rizayev), tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi
(D.Sulaymonov) belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash
maqsadida ishchi guruh a’zolarining ishlashlari uchun qulay sharoit yaratish, ularni
tegishli hujjatlar va ma’lumotlar, texnika va boshqa zaruriy ashyolar bilan
ta’minlash choralarini ko‘rsinlar.
4. Tuman hokimining o‘rinbosari (A.Rizayev), Davlat kadastrlar palatasi
Bulung‘ur tumani filiali (Sh.Abduqodirov) har bir hudud bo‘yicha bajarilgan ishlar
natijalarini tahlil qilib, tegishli hujjatlar asosida rasmiylashtirib, tasdiqlash uchun
tuman hokimiga taqdim etsinlar.


e-qaror.gov.uz
96-7-93-F/23
2
6. Ushbu farmoyish ijrosini bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda
qoldiraman.
Tuman hokimi
S.Astonov


e-qaror.gov.uz
96-7-93-F/23
3
Bulungʼur tuman hokimining
2023 yil 20 apreldagi
96-7-93-F/23-son farmoyishiga
1-ilova
Tumanning tabiiy yaylov va pichanzorlaridagi o‘simliklar dunyosini o‘rganish,
o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish bo‘yicha
ma’lumotlar bazasini yaratish uchun tumandagi tabiiy yaylov oʻsimliklari
monitoring ishlarini amalga oshirib, oʻsimlik dunyosi obyektlarining sifat va
miqdor koʻrsatkichlarini prognozlashtirish maqsadida bajarilgan ishlar
natijasiga ko‘ra tegishli taklif va tavsiyalar ishlarini amalga oshirish bo‘yicha
ishchi guruh
T A R K I B I
№ F.I.Sh
Lavozimi
1 A.Rizayev
Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi
masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi
guruh rahbari
Ishchi guruhi a’zolari
2 D.Sulaymonov
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
3 A.Po‘latov
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va
tomorqa yer egalari kengashi raisi
4 S.Turdiyev
Tuman statistika boʻlimi boshligʻi
5 S.Abdullayev
Tuman Ekalogiya va tabiatni muhofaza
qilish inspeksiyasi boshligʻi
6 Sh.Abduqodirov
Davlat kadastrlar palatasi Bulung‘ur tumani
filiali boshligʻi
7 G‘.Raxmonov
“OʻZDAVYERLOYIHA” instituti
Samarqand boʻlinmasi mutaxassisi

Download 216.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling