E-qaror gov uz 96-7-93-F/23
Download 216.05 Kb. Pdf ko'rish
|
96-7-93-F 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tumanning tabiiy yaylov va pichanzorlaridagi o‘simliklar dunyosini o‘rganish, o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish bo‘yicha
- Ishchi guruhi a’zolari
e-qaror.gov.uz 96-7-93-F/23 1 2023 - yil 20 - aprel 96-7-93-F/23 Bulungʼur tuman hokimligi O‘zbekiston Respublikasining “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonuni va Yer Kodeksining 6-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoring tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 737-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “OʻZDAVYERLOYIHA” instituti Samarqand boʻlinmasining 2023-yil 24-martdagi 41-01/02-265-sonli xatini inobatga olib, 1. Tumandagi tabiiy yaylovlar o‘simliklarining miqdori va sifatiga doir ma’lumotlarni, ularning holatini baholash va salbiy jarayonlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tabiiy yaylovlar o‘simliklari monitoringini yuritish hamda bajarilgan ishlar natijasiga ko‘ra tegishli taklif va tavsiyalar tayyorlashga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi tarkibi (keyingi o‘rinlarda-Ishchi guruhi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ishchi guruhi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarni ko‘rsatilgan muddatlarda bajarilishiga amaliy yordam ko‘rsatsin. 3. Tuman hokimining o‘rinbosari (A.Rizayev), tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi (D.Sulaymonov) belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida ishchi guruh a’zolarining ishlashlari uchun qulay sharoit yaratish, ularni tegishli hujjatlar va ma’lumotlar, texnika va boshqa zaruriy ashyolar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsinlar. 4. Tuman hokimining o‘rinbosari (A.Rizayev), Davlat kadastrlar palatasi Bulung‘ur tumani filiali (Sh.Abduqodirov) har bir hudud bo‘yicha bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilib, tegishli hujjatlar asosida rasmiylashtirib, tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etsinlar. e-qaror.gov.uz 96-7-93-F/23 2 6. Ushbu farmoyish ijrosini bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman. Tuman hokimi S.Astonov e-qaror.gov.uz 96-7-93-F/23 3 Bulungʼur tuman hokimining 2023 yil 20 apreldagi 96-7-93-F/23-son farmoyishiga 1-ilova Tumanning tabiiy yaylov va pichanzorlaridagi o‘simliklar dunyosini o‘rganish, o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish uchun tumandagi tabiiy yaylov oʻsimliklari monitoring ishlarini amalga oshirib, oʻsimlik dunyosi obyektlarining sifat va miqdor koʻrsatkichlarini prognozlashtirish maqsadida bajarilgan ishlar natijasiga ko‘ra tegishli taklif va tavsiyalar ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh T A R K I B I № F.I.Sh Lavozimi 1 A.Rizayev Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari Ishchi guruhi a’zolari 2 D.Sulaymonov Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi 3 A.Po‘latov Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi 4 S.Turdiyev Tuman statistika boʻlimi boshligʻi 5 S.Abdullayev Tuman Ekalogiya va tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi 6 Sh.Abduqodirov Davlat kadastrlar palatasi Bulung‘ur tumani filiali boshligʻi 7 G‘.Raxmonov “OʻZDAVYERLOYIHA” instituti Samarqand boʻlinmasi mutaxassisi Download 216.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling