E-qaror gov uz Vi-45-59-8-0-K/22
Download 206.76 Kb. Pdf ko'rish
|
VI-45-59-8-0-K 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sessiya raisi Choriyev A. R. e-qaror.gov.uz VI-45-59-8-0-K/22
- Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xodimlarining TUZILMASI
e-qaror.gov.uz
VI-45-59-8-0-K/22 3 shartnoma asosida jalb etiladigan mutaxassislarning oylik ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlar uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘lar ajratish chorasini ko‘rsin. 7. Tuman (shahar) hokimliklari axborot xizmatiga shartnoma asosida jalb etiladigan mutaxassislarning oylik ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlar uchun tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘lar ajratish tavsiya etilsin. 8. Surxondaryo viloyati hokimligi Ishlar boshqarmasi (I.Ummatov)ga: viloyat hokimligi Axborot xizmati xodimlarining oylik ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash; axborot xizmatlarini zamonaviy moddiy-texnika vositalari, televizor, foto va video yozib olish vositalari, zarur dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash hamda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini yaratish topshirilsin. 9. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakunida tegishli mansabdor shaxslar tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga yozma hisobot kiritib borilsin. 10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (I.Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin. 11. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi. Sessiya raisi Choriyev A. R. e-qaror.gov.uz VI-45-59-8-0-K/22 4 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2022 yil 10 martdagi VI-45-59-8-0-K/22-son qaroriga 1-ilova Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xodimlarining TUZILMASI Viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis* Veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis* OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis* Operator – yetakchi mutaxassis* Montajchi – yetakchi mutaxassis* Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik bo‘yicha birinchi toifali mutaxassis* |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling