E-qaror gov uz Vi-45-59-8-0-K/22


Download 206.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi206.76 Kb.
#1615113
  1   2   3   4
Bog'liq
VI-45-59-8-0-K 22



e-qaror.gov.uz
VI-45-59-8-0-K/22
1
2022 - yil 10 - mart
VI-45-59-8-0-K/22
Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini
ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarori va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktabrdagi 01-07/1-2195-son
yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, Surxondaryo viloyati hokimligi va fuqarolar o‘rtasida sifatli
muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilikka islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida
tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini va
axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 22, 24-moddalariga asosan
xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ommaviy axborot
vositalari bilan hamkorlik va aholini xabardor qilish sohasidagi faoliyati yetarli darajada tashkil
etilmaganligi e’tirof etilsin.
2. Quyidagilar:
Surxondaryo viloyati hokimligida 7 ta va tuman (shahar) hokimliklarida 3 ta xodimlardan
iborat matbuot xizmati faoliyati 1- va 2-ilovalarga muvofiq tashkil etilsin;
ichki imkoniyatlar yetarli bo‘lmagan holatlarda, axborot xizmatlari uchun kerakli
mutaxassislar shartnoma asosida jalb etilsin;
matbuot xizmati xodimlariga viloyat, tuman (shahar) hokimliklari xodimlari uchun
belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilsin.
3. Tashkiliy-kadrlar guruhi (F.Mengliyev) bir hafta muddatda:
viloyat hokimligi Axborot xizmatini jurnalistika va axborot-texnologiyalari sohasida yetuk
bilim va tajribaga ega bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirsin;
Axborot xizmati xodimlarining vazifalar taqsimotini ishlab chiqsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini
ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish



Download 206.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling