E-qaror gov uz Vi-59-28-3-53-K/23
Download 246.6 Kb. Pdf ko'rish
|
VI-59-28-3-53-K 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI: 1.
- Xalq deputatlari tuman kengashi raisi, Tuman hokimi I.Matiyev
e-qaror.gov.uz VI-59-28-3-53-K/23 1 2023 - yil 10 - mart VI-59-28-3-53-K/23 Forish tuman hokimligi Forish tumani mahalliy byudjeti hisobidan sarf-xarajatlarga ajratiladigan mablag`lar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 126-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori hamda Forish tuman Madaniyat bo‘limi mudiri M.Narkazakovning 2023-yil 7-fevraldagi 7-sonli xati ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (Sh.Qarabayev)ga tuman mahalliy byudjetiga viloyat mahalliy byudjetidan ajratilgan ssuda mablag‘lari, daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi va erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga mablag‘ o‘tkazish uchun 250,0 mln. (ikki yuz ellik million) so‘m mablag‘ni tuman hokimligiga va tumanda “Navro‘z” umumxalq bayramini yuksak saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-harajatlari uchun 102,0 mln. (bir yuz ikki million) so‘m mablag‘ni tuman madaniyat bo‘limiga ajratish vazifasi topshirilsin. 3. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (Sh.Qarabayev)ga tuman mahalliy e-qaror.gov.uz VI-59-28-3-53-K/23 2 byudjetining choraklar yakuni bilan shakllangan mablag‘lari hisobidan ssuda mablag‘larini qaytarilishini ta'minlasin. 4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b X.Atabullayev, bosh hisobchisi S.Radjabov va tuman madaniyat bo‘limi mudiri M.Narkazakov, bosh hisobchisi B.Davronovlarga ajratilgan mablag‘larni maqsadli ishlatilishini ta'minlasin. 5. Tuman G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i O.Egamov ushbu mablag‘ni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta'minlasin. 6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b X.Atabullayev zimmasiga yuklatilsin. Xalq deputatlari tuman kengashi raisi, Tuman hokimi I.Matiyev Download 246.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling