E-qaror gov uz Vi-67-73-10-144-K/23


Download 14.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.10.2023
Hajmi14.35 Kb.
#1731777
Bog'liq
VI-67-73-10-144-K 23



e-qaror.gov.uz
VI-67-73-10-144-K/23
1
2023 - yil 31 - iyul
VI-67-73-10-144-K/23
Chinoz tuman hokimligi
Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan 2023-yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman
prokurorining hisoboti to‘g‘risida
Chinoz tumani hududida qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish,
huquqbuzarlikka qarshi kurashish, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, muhim muammolarni yechish
orqali ularning ishonchini oqlash va jamoatchilik kuchidan ko‘proq foydalanish hamda sektor rahbarlari
tomonidan biriktirilgan hududlarda ishni to‘g‘ri tashkil etishi natijasida tuman hududida jinoyatlarning
kamayishiga erishildi.
Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari,
Hukumat qarorlari, Bosh prokurorning buyruq va ko‘rsatmalari asosida 2023-yilning 6 oyida tumanda
qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori
G.Abdusalamovning hisobotini eshitib, bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olib, xalq deputatlari
Chinoz tumani Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan 2023-yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Chinoz tumani prokurori G.Abdusalamovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Ichki Ishlar bo‘limi (B.Qo‘ziboev), tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka
ko‘maklashish boʻlimi (A.Kodirov, O.Tojixonov), tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi (V.Mansurova), tumanda
muqaddam sudlangan shaxslar va ishsizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish boʻyicha chora-
tadbirlar ishlab chiqib, ijrosi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Shuningdek, mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi
sabablarini va ularga imkon berayotgan 
shart-sharoitlarni aniqlash choralarini koʻrsin.
Uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib ketgan, qaytib kelgan fuqarolarning aniq hisobini yuritish,
ularning ketish sabablarini tahlil qilish hamda bu boradagi faoliyatni muvofiqlashtirib borishni taʼminlasinlar.
3. Chinoz tumani Ichki Ishlar bo‘limi (B.Qo‘ziboev)ga:
- huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatidan kelib chiqqan holda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir
dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirish;


e-qaror.gov.uz
VI-67-73-10-144-K/23
2
- huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan, huquqbuzarliklarning sodir etilishi
sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlab, bartaraf etish;
- pasport-viza rejimiga, fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan o‘qotar qurollarni saqlash qoidalari
hamda tartibiga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash;
- jinoyatlarni fosh etishda va tergovga, sudga kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar hamda bedarak
yo‘qolgan fuqarolarni topish;
- sodir etilgan har bir jinoyatning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari chuqur o‘rganilib, ularni
bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rsin.
4. Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari:
- huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish;
- ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda faoliyatni amalga
oshirish;
- yarashtirish komissiyalari va boshqa komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar belgilash va amalga oshirish choralarini ko‘rsinlar.
5. Chinoz tumani prokuraturasiga (
G.Abdusalamov
) 2023-yilda qonun buzilish holatlarining oldini olish
maqsadida tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish, joylarda aholining
huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirilish tavsiya etilsin.
6. Tuman hokimligi, davlat organlarining barcha tuman boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
va qonunosti hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining
ijrosini toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Sud-huquq
masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi
B.Alimbekov

Download 14.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling