Tasdiqlayman” Bekobod shahar hokimi V b. N. Babayev


Download 20.17 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1174076
Bog'liq
БАЁННОМА


TASDIQLAYMAN”
Bekobod shahar hokimi v.b.
______________N.Babayev
___” __________ 2022-yil
Bekobod shahar hokimligida sektor rahbarlari, korxona rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI № 4/1 / 01

2022-yil 28-dekabr Bekobod shahar



Raislik qiluvchi:

N.Babayev-Bekobod shahar hokimi v.b.




Qatnashdilar:

Shahar sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar hokimligi bo‘lim va guruh rahbarlari, shahar hokimligi bosh va yetakchi mutaxassislari




Taklif etildilar:

Shahardagi korxonalar rahbarlari



KUN TARTIBI:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Toshkent shahrida o’tkazilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi natijalari yuzasidan Davlat Rahbariga kiritilgan axboroti.
2. 2022 yil uchun belgilangan eksport rejalarining bajarilishi.
(N.Babayev, A.Dadaboyev, O.Ergashov, Q.Safarov, ......N.Babayev)

Yig‘ilishni, Bekobod shahar hokimi v.b. N.Babayev olib borib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Toshkent shahrida o’tkazilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi natijalari yuzasidan Davlat Rahbariga kiritilgan axborotini yig’ilish qatnashchilariga o’qib eshittirdi.
Mazkur axborotnomada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 martdagi 134-son qaroriga muvofiq hamda 2023 yilga buyurtmalar portfelini shakllantirish maqsadida joriy yilning 14-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi yuqori saviyada o’tgazilganligi, yarmarka davomida o’zlashtirish uchun tarmoqlar tomonidan import qilinayotgan hamda import o’rnini bosuvchi mahsulotlar, mahalliylashtirish bo’yicha investitsiya loyiha takliflari, yangi loyihalar doirasida “mahalliy content” ulushini oshirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar qo’llanilganligi tog’risida aytib o’tilgan.
Bekobod shahrida 2022 yil uchun belgilangan eksport rejasini bajarilishini ta’minlash, keyingi yil uchun yangi eksportyor korxonalarni jalb etish zarur. Bundan tashqari, korxonalar tomonidan import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hozirgi kunda ustuvor vazifalardan biri ekanligi aytib o’tildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. Bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, yig‘ilish
QAROR QILADI:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Toshkent shahrida o’tkazilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi natijalari yuzasidan Davlat Rahbariga kiritilgan axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.Investitsiya va tashqi savdo bo’limiga:
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “mahalliy content”ni ko’paytirish va import qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar ko’lamini qisqartirish borasida chora tadbir ishlab chiqib, ijrosini ta’minlash.
2. 2022 yil uchun belgilangan eksport rejasining bajarilishini ta’minlash choralari ko’rilsin.
3.Ushbu yig‘ilish bayoni ijrosini nazorat qilish shahar hokimining sohaviy o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Majlis bayonini yuritdi Y.Abdullayeva


Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling