E-qaror gov uz Vi-93-15-7-95-K/23


Download 223.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.04.2023
Hajmi223.98 Kb.
#1341896
1   2   3
Bog'liq
d310123 t0916

e-qaror.gov.uz
VI-93-15-7-95-K/23
3
- 2023-yilda moʻljallangan eksport rejasini orttirib bajarish choralarini koʻrish;
- tuman eksport salohiyatini yanada oshirish, eksportyor korxonalarning amaldagi
rejalarini bajarish holatini doimiy monitoring qilib borsin;
- tumanda tasdiqlangan dasturga asosan investitsiya va eksport koʻrsatkichlarini
oʻz vaqtida, sifatli bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish vazifasi yuklatilsin.
5. Tumandagi tegishli tijorat banklari tumanni 2022-2023-yillarda kompleks
rivojlantirish dasturidagi loyihalarning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan 2023-
yilning I choragida moliyalashtirilishi lozim boʻlgan loyihalarga bank krediti
mablagʻlari ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Q.Nuriddinov), tuman hokimining
oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi (A.Kamarov), tuman hokimligi
moliya boʻlimi (S.Ibragimov) hamda tumanda biriktirilgan tijorat banklari bilan
birgalikda:
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Kichik
sanoat zonalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 134-sonli Qarori bilan
tasdiqlangan nizom talablariga qatʼiy rioya etish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (Q.Nuriddinov, A.Kamarov.
S.Tuxtamurodov), tuman elektr taʼminoti korxonasi (U.Jo‘rayev), “Ishtixontumangaz”
gaz taʼminot filiali (Sh.Qilichev) tumanda yangi tashkil etilayotgan kichik sanoat
zonalari qurilishlarining oʻz vaqtida tugatilishi, modernizatsiya va kichik sanoat
zonalari ishtirokchilarini tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmaga
ulanishi, ularning obyektlari real ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr
energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlanish choralarini koʻrsin.
8. Tuman hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi
(A.Kamarov) tumanda investitsiya loyihalarining hamda eksport salohiyatini oshirish
va sanoat zonalarida 2023-yil davomida ijrosini qatiy nazoratga olib, har chorak yakuni
boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni xalq deputatlari tuman Kengashi yigʻilishida keng
muhokama qilib borish uchun tahliliy maʼlumotlarni kiritib borsin.
9. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (M.Tursunov),
“Ishtixon ovozi” gazetasi bosh muharriri (G.Usmonova) tumanda investitsiya
loyihalarini keng jalb qilish borasida hamda eksport salohiyatini oshirish va sanoat
zonalarida olib borilayotgan ishlarni tuman mahalliy ommaviy axborot vositasi va
ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borilishi tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman
Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm,
investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
(Z.Egamov) zimmasiga yuklansin.


e-qaror.gov.uz
VI-93-15-7-95-K/23
4
Sessiya raisi
K.E.Yavkochdiyev

Download 223.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling