E-univer adti uz Stomatologiya fakulteti


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana09.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1345034
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 - Taqdimot




e-univer.adti.uz
STOMATOLOGIYA FAKULTETI 


Ich terlama (salmonella tifi ) 
– qo’zg’atuvchisini 1880 yilda Ebert 
va Gafki topgan. Kasallik kelib chiqishi ich terlama tayoqchasini 
organizmga tushishi bilan bog’liqdir. Ko’pincha yosh baquvvat 
insonlar kasallanadi. Undan o’lim xollari o’rta yashar insonlarda 
10-15% ni, qarilarda 40% ni tashqil qiladi.Ich terlama tayoqchasi 
og’iz orqali me'da-ichak sistemasiga (bodomcha bezlar, ichaklar) 
tushadi va qonga so’riladi, qonda bakteremiya yuzaga keladi
intoksikasiya va nerv sistemasida chuqur o’zgarishlar yuzaga 
keladi, qon orqali ichakni Peyer pilakchalari va follikulalariga 
tarqaladi. Inkubatsion davri 10 kun. Ingichka ichakni yonbosh 
qismidagi Peyer pilakchalari va follikulalaridagi o’zgarishlar 5 
bosqichdan iborat bo’ladi:-1 bosqichda "miyasimon bo’rtish" 
kuzatiladi-2 bosqichda nekroz kuzatiladi.-3 bosqichda nekrotik 
massalarni ko’chishi va yaralarni xosil bo’lishi kuzatiladi.-4 
boskichda yara tubini tozalanishi kuzatiladi.-5bosqichda yaralarni 
bitishi kuzatiladi.. 


Etiologiyasi va patogenezi. 
Qo’zg’atuvchini yashash joyi: odam organizmi, suv xavzalari
oqava suvlar, tuproq. Infektsiya manbai kasal odam yoki bakteriya 
tashuvchi kishidir. U fekal-oral yo’l bilan yuqadi, antroponoz 
kasallik. U och ichakning limfoid apparatiga joylanib oladi, so’ngra 
limfa tomirlari bo’ylab mezenterial va qorin pardasi ortidagi limfa 
tugunlariga o’tadi, bu yerdan ko’krak limfa yo’li orqali qon 
tomirlar sistemasiga tushadi. Bakteriemiyada turli to’qima va 
organlarga(jigar, taloq, ko’mikka) o’tib, ularda qorin tifiga xos 
granulemalarni xosil qiladi. O’t kapillyarlari va o’t qopida yashash 
va ko’payish uchun o’ziga juda qulay sharoitlarni topadi 
(bakterioxoliya). 




Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling