E-univer adti uz Stomatologiya fakulteti


tekshirishdan o’tkazilganda – tomirlar giperemiyasi, limfoid yallig’lanish infiltrasiyasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana09.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1345034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 - Taqdimot

tekshirishdan o’tkazilganda – tomirlar giperemiyasi, limfoid yallig’lanish infiltrasiyasi, 
epidermisni yumshashi, giperkeratoz belgilari topiladi. Ekzantemalarda Ebert tayoqchalari 
bo'ladi. Ko’mik, taloq, jigar va limfoid to'qimasi bo’lgan xamma joylarda retikulyar xujayralarni 
proliferasiyasi, ich terlama granulemalari xosil bo’lishi kuzatiladi. Ular ba'zan nekrozlanadi. 
qorinni to’g’ri muskullarida mumsimon nekroz kuzatilishi juda xarakterlidir. Ich terlamani 
og’irlashuvlari: yara odatda kasallikni 3-4 xaftasida teshiladi, bu juda jiddiy og’irlashuv bo'lib, 
xayot uchun xavfli kasallik - yiringli peritonitga olib boradi. Ich terlama granulemalari ichak 
devoriga suqilib kirganda va nekroz seroz pardaga yetganda yara teshiladi. Ba'zan ichakni yara 
soxasidagi seroz yuzasida fibrinoz ekssudat paydo bo'ladi, natijada ichak qovuzloqlari bir-biriga 
yopishadi va shu tariqa teshilishni oldi olinadi. Ichak tutqichidagi bo’rtgan limfa tuguni 
yorilganda va nekrotik massalar qorin bo’shlig’iga chiqqanda xam peritonit ro’y berishi mumkin. 
Kamdan - kam xollarda taloqda ich terlama granulemasi qobiq ostida nekrozlanganda taloq 
qobig’i yorilib ketishi mumkin bo'ladi. Yara tozalanayotganda tomirlar devori zararlansa arroziv 
qon ketadi. Qon ketishi ba'zan o’limga olib boradi. 
Pnevmoniya 
ich terlamaning 3-4 xaftasida ro’y beradi: pnevmokokk, stafilokokk va ich terlama 
tayoqchalari o’pkani yallig’lanishiga sabab bo'ladi. Ich terlama tayoqchasi o’pka to'qimasiga va 
regionar bronxial limfa tugunlariga kirganda ich terlama granulemalari vujudga keladi. Ich 
terlamada bemor kasallikni og’irlashuvlaridan: 
peritonit, qon ketishi, pnevmoniya, sepsis yoki 
intoksikasiyadan o’ladi. 



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling