E-univer adti uz Stomatologiya fakulteti
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
11 - Taqdimot
e-univer.adti.uz STOMATOLOGIYA FAKULTETI Ich terlama (salmonella tifi ) – qo’zg’atuvchisini 1880 yilda Ebert va Gafki topgan. Kasallik kelib chiqishi ich terlama tayoqchasini organizmga tushishi bilan bog’liqdir. Ko’pincha yosh baquvvat insonlar kasallanadi. Undan o’lim xollari o’rta yashar insonlarda 10-15% ni, qarilarda 40% ni tashqil qiladi.Ich terlama tayoqchasi og’iz orqali me'da-ichak sistemasiga (bodomcha bezlar, ichaklar) tushadi va qonga so’riladi, qonda bakteremiya yuzaga keladi, intoksikasiya va nerv sistemasida chuqur o’zgarishlar yuzaga keladi, qon orqali ichakni Peyer pilakchalari va follikulalariga tarqaladi. Inkubatsion davri 10 kun. Ingichka ichakni yonbosh qismidagi Peyer pilakchalari va follikulalaridagi o’zgarishlar 5 bosqichdan iborat bo’ladi:-1 bosqichda "miyasimon bo’rtish" kuzatiladi-2 bosqichda nekroz kuzatiladi.-3 bosqichda nekrotik massalarni ko’chishi va yaralarni xosil bo’lishi kuzatiladi.-4 boskichda yara tubini tozalanishi kuzatiladi.-5bosqichda yaralarni bitishi kuzatiladi.. Etiologiyasi va patogenezi. Qo’zg’atuvchini yashash joyi: odam organizmi, suv xavzalari, oqava suvlar, tuproq. Infektsiya manbai kasal odam yoki bakteriya tashuvchi kishidir. U fekal-oral yo’l bilan yuqadi, antroponoz kasallik. U och ichakning limfoid apparatiga joylanib oladi, so’ngra limfa tomirlari bo’ylab mezenterial va qorin pardasi ortidagi limfa tugunlariga o’tadi, bu yerdan ko’krak limfa yo’li orqali qon tomirlar sistemasiga tushadi. Bakteriemiyada turli to’qima va organlarga(jigar, taloq, ko’mikka) o’tib, ularda qorin tifiga xos granulemalarni xosil qiladi. O’t kapillyarlari va o’t qopida yashash va ko’payish uchun o’ziga juda qulay sharoitlarni topadi (bakterioxoliya). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling