E-univer adti uz Stomatologiya fakulteti


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana09.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1345034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 - Taqdimot

1 bosqichda "kataral yalliglanish kuzatiladi", bunda shilliq parda yuzasi nekrozlanadi, giperemiyalanadi, 
bo’rtgan, ba'zan ko’p joylariga qon quyilgan bo'ladi. Ichak devori keskin darajada shishganidan qalin 
tortadi, muskul qavati tortilib qisqarganidan ichak bo’shlig’i torayadi. 
Mikroskopik tekshirilganida epiteliyni ko’chganligi aniqlanadi, tsitoplazmasida dizenteriya tayoqchalari 
topiladi, stromasida leykositlarni to’planganligi, shilliq pardasini nekrozi, giperemiyasi, ekstravazatlari 
ko’rinadi. Bu bosqich 2-3 kun davom etadi. 
2 bosqichda fibrinning qanchalik cho’kishiga qarab "fibrinoz (krupoz yoki difteritik) yallig’lanish" avj 
oladi. Shilliq parda burmalarini uchida fibrinoz parda paydo bo'ladi, u keyin burmalar orasida xam 
topiladi., nixoyat butun parda och yashil karash bosganga o’xshab qoladi. Ichak devori qalin tortadi
bo’shligi yanada torayadi, chunki muskul qavatlarini spazmi kuchayadi. Gistologik tekshirilganda shilliq 
pardada nekroz, fibrin iplari gemorragiyalar, leykositlar infiltrasiyasi, shilliq parda ostidagi qavatga qon 
quyilganligi ko’rinadi. Bu bosqich 5 – 10 kun davom etadi. 
3 – bosqichda yaralar paydo bo'ladi. Ular kasallikni 10 – 12 kunlarida paydo bo'ladi. U to’g’ri va 
sigmasimon ichaklarni - ko’proq yallig’lanib o’zgargan joylarida paydo bo'ladi. Yaralarni paydo bo’lishi 
fibrinoz va nekrotik massalarni ko’chishiga bog’liq bo'ladi. Yaralar avval burmalarni uchlarida, keyin 
ularni orasida vujudga keladi, shakli va chuqurligi xar xil bo’ladi, ba'zan bir – birlariga qo’shilib ketadi. 
4 – bosqichda tiklanish (regenerasiya) jarayonlari kuzatiladi, bu jarayonlar aksari 3 - 4 - xaftalarda qayd 
qlinadi. Yaralarda granulyasion to'qima paydo bo'ladi, chetlarida esa epiteliy proliferasiyalana boshlaydi, 
epiteliy nuqsonni sekin – asta yopib, bezlar xosil bo'ladi. 



Yo’g’on ichakni limfa follikulalarida xam o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu 
follikulalar dastlab giperplaziyalanadi, kattalashadi va shilliq parda yuzasidan 
ko’tarilib turadi. Follikulalarda leykositlar paydo bo'ladi, nekrotik massalarni 
yiringlashi ro’y beradi va shilliq parda yuzasiga yiring chiqadi. Kirish teshigi juda 
tor va tubi keng asosli kichkina yaralar xosil bo'ladi, ular shilliq pardaning 
ichkarisida follikula o’rnida joylashadi. Bu o’zgarishlarni xammasi shilliq pardadani 
kataral o’zgarishlari fonida rivojlanadi. Bunday o’zgarishlar follikulyar yoki 
follikulyar – yarali kolit deb ataladi. Dizenteriyadagi umumiy o’zgarishlar 
intoksikasiya bilan bog’langan bo'ladi.bMNS – da miya po’stlog’ini turli 
bo’limlarida distrofik jarayonlar qayd qilinadi. O’pkada qon aylanishi buzilib – 
pnevmoniya, shishlar paydo bo'ladi. Boshqa a'zolarda xam (yurak, buyraklar, 
jigarda) distrofik jarayonlar kuzatiladi. Talog’i salgina kattalashgan, follikulalar 
yaxshi sezilarli bo'ladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling