E-univer adti uz Stomatologiya fakulteti


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana09.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1345034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 - Taqdimot

1 - bosqich: 
kasallikni 1 xaftasi va 2 xaftasini boshlanishiga to’g’ri keladi. Bunda 
Peyer pilakchalari kattalashgan, yiriklashgan, qizgish rangli, "nonga" o’xshab 
burtgan, yumshoq, sersuv bo'ladi. Uni yuzasi burmalanib burtganligi uchun bosh 
miya egatlariga o’xshash bo'lib qoladi. Sollitar follikulalar xam keskin kattalashgan, 
shilliq qavatdan u no’xot kattaligidagi don ko’rinishida bo’rtib turadi. Kesilganda u 
qizgish, suvli to'qimadan iborat bo'ladi. Peyer pilakchalari va follikulalari bo’lgan 
ichak devorini soxasi qalinlashgan, shishgan, to’laqonli ko’rinishda, shilliq qatlami 
kataral yallig’lanish xolatida bo'ladi. Bu o’zgarishlar asosan, yonbosh ichakni pastki 
ileosekal qopqasi yaqinidagi bo’limida kuchli darajada namoyon bo'ladi, ba'zan 
shikastlanish chuvalchangsimon o’simtada, ingichka ichakni butun yuzasida, 12 - 
barmoqli ichak va me'dada xam kuzatiladi. Mikroskop ostida ko’rilganda: Peyer 
pilakchalari va sollitar follikulalarni o’tkir granulyasion yallig’lanishi, oraliq to'qima 
va follikulalar ichida yorug’, yumaloq yoki oval yadroli yirik, fagositar aktivligi 
yuqori bo’lgan xujayralarni to’planishi kuzatiladi. Ular Peyer pilakchalari va 
follikulalarning retikulyar xujayralaridan rivojlanib, "arqonsimon" infiltrasiyani 
xosil qilib to’planadi. Granulema xujayralarini orasida fibrin iplari bo'ladi. 
Ulchamlari turlichadir (ba'zan o’zaro qo’shilib 20-25 sm - gacha yetadi). Yaqin 
atrofdagi ichak tutqichi limfa tugunlari xam shikastlanib, granulemalar xosil bo'ladi. 
Bu granulemalarda xar doim to’p-to’p bo'lib turgan ich terlama tayoqchalari 
topiladi. Axlati no’xot sho’rvasini eslatadi. 


2 bosqich 
– miyasimon bo’rtgan Peyer pilakchalari va 
follikulalarini nekrozi - kasallikni 2 xaftasiga va 3 xaftasini 
boshlanishiga to’g’ri keladi. Bu jarayonni asosida ich terlama 
granulemasi va follikulyar to'qimani nekrozi yotadi. Peyer 
pilakchalari quruqlashadi, kulrang sarg’ish yoki zangori – sarg’ish 
(o’tni shimilishi natijasida) ko’rinishida bo'ladi. Mikroskop ostida 
nekroz o’chog’ida bir jinsli yemirilgan amorf massa, ba'zi joylarda 
esa fibrinli ekssudasiyasi kuzatiladi. Nekroz ba'zan muskul va seroz 
qatlamlariga xam tarqaladi, ichagi teshilishi xam mumkin bo'ladi. 
Nekrozlangan to'qima atrofida demarkasion yallig’lanish yuzaga 
keladi, bu nekrotik massani asta-sekin tushib ketishiga sabab 
bo'ladi. Granulemalarni nekrozga yuz tutishini ich terlama 
tayoqchasini toksinlari ta'siri bilan bog’lanadi. 



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling